Farmatsevtika menejmenti


O‘zbekiston Respublikasida davlat


Download 1.37 Mb.
bet5/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

2.1. O‘zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyatining tuzilishi

O‘zbekiston — mustaqil, demokratik respublika. Unda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, bu tamo­yillarga asosan eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlaridir. Demokratik huquq va erkinlik Konstitutsiya va qonunlar tomo­nidan himoya qilinadi. Respublika o‘z milliy - davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini mustaqil ravishda belgilaydi, o‘z ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Jamiyat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga havola qilinadi, umumiy ovoz berish (referendum) natjasida hal etiladi. Respublika davlat jamiyati tizimi hokimiyatning qonun chi­qaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linish tamo­yil­lariga asoslanadi.


Respublika ijtimoiy hayoti siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar turli-tumanligiga asoslangan holda rivojlanadi. Hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida belgilanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va respublika qonunlarining muqarrar ustunligi tan olinadi. Davlat, uning tashkilotlari, raxbar shaxslar, fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga amal qiladilar. Respublikaning barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar teng huquq va erkinlikka ega, qonun oldida tengdir. Fuqarolarning konsti­tutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklari dahlsiz va hech kim sud qarorisiz ularni cheklash va taqiqlash huquqiga ega emas.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan res­publika iqtisodiyotining asosini mulk shakllarining turli-tumanligi tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqlari ustu­vorligi sharti bilan tadbirkorlar iqtisodiy faoliyati va mehnat erkin­ligini, barcha mulk shakllari teng va huquq jihatidan himoya qilinishini kafo­latlaydi. Xususiy mulk mulkning boshqa shakllari singari dahlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. Mulkdor o‘z mulkidan faqat qonunda ko‘rsatilgan hollardagina mahrum qilinadi.
Mulkdor o‘z xohishiga bog‘liq holda unga qarashli mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi. Mulkdan foydalanish atrof- muhitga zarar keltirish, fuqarolar huquqlari va qonun tomonidan himoya qilinadigan manfaatlariga zid bo‘lishi taqiqlanadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling