2.2. Qonun chiqaruvchi Oliy hokimiyat
O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik tashkiloti Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyat. U hududiy saylov okruglardan saylanadi. Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ega bo‘ladilar.
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qiladi, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qiladi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tashkilotlari tizimi va vakolatlarini belgilaydi; bojxona, valuta va kredit faoliyatini, davlat bankining boshqarishni qonuniy jihatdan tartibga soladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiy ma’muriy tuzilishi, chegaralarining o‘zgarishi masalalari bilan shug‘ullanadi.
Oliy Majlis respublika ichki va tashqi siyosatiti asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, strategik davlat dasturlarini qabul qiladi; davlat budjetini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilaydi.
Oliy Majlisning muhim vakolatlari quyidagilardan iborat:
Oliy Majlisga va mahalliy tashkilotlarga saylovlarni belgilash, markaziy saylov komissiyasini tuzish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Konstitutsiyada belgilangan muddat tugashi bilan saylov o‘tkazish kunini belgilash;
O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudini saylash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisini saylaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh vazir va uning o‘rinbosarini; Vazirlar mahkamasi a’zolarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va vazifasidan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqarmasi raisini tayinlash va vazifasidan ozod qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa tashkilotlarini tashkil etish va tugatish haqidagi farmonlarini tasdiqlash;
xalqaro shartnoma va bitimlarni ratfikatsiya va bekor qilish;
davlat mukofotlari va nomzodlarini ta’sis etish;
tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, bekor qilish, nomlarini o‘zgartirish va ularning chegaralarini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ega.
Oliy Majlis yig‘ilishlari uning ishida deputatlarning uchdan ikki qismidan, ya’ni 100 kishidan ortig‘i qatnashsa haqiqiy hisoblanadi. Oliy Majlis vakolati muddati tugagandan so‘ng yangi chaqiriq Oliy Majlis o‘z ishini boshlagunga qadar faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |