Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet79/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Chiziqli tuzulma iyerarxik zina qurish natijasida tashkil bo‘ladi. Har bir bo‘linmaga barcha vakolatlarga ega bo‘lgan, boshqaruvning hamma funksiyalarini o‘z qo‘liga olgan rahbar boshchilik qilib, o‘z tasarrufidagi xodimlarga yakkaboshchilik asosida rahbarlikni amalga oshiradi va o‘zidan yuqori pog‘onadagi rahbarning bevosita tasarrufida bo‘ladi. Chiziqli tuzulmadan katta bo‘lmagan farma­- tsevtika tashkilotlari foydalanadilar.
Chiziqli-shtabli tuzulma chiziqli rahbarlar qoshida maxsus tashkil etilgan bo‘linma (shtab)larni o‘z ichiga oladi, ular qarorlarni qabul qilish va qandaydir quyi bo‘linmaga rahbarlik qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Shtab funksiyalari va vakolatlarini amalga oshirish zaruriyati tashkilotlarda maxsus shtab (ma’muriy) apparatini shakllantirilishiga sabab bo‘ldi.
Ma’muriy apparatni quyidagi asosiy turlari ajratiladi:
maslahatchilik,
xizmat ko‘rsatuvchi,
shaxsiy.
Maslahatchilik apparati ma’lum ixtisosdagi mutaxassislardan vaqtinchalik yoki doimiy asosda shakllantiriladi. Uning zimmasiga maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan (huquqiy muammolar, eng yangi yoki maxsus texnologiya, xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish hamda boshqa) muammolar bo‘yicha chiziqli rahbariyatga maslahat berish vazifasi kiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi apparat maslahatchilik funksiyalari bilan bir qatorda quyidagi: marketing tadqiqotlari, moliyalashtirish, rejalashtirish, moddiy-texnikaviy ta’minot va boshqa xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajaradi.
Shtab bo‘linmalarining eng muhim vazifasi chiziqli menejerga boshqaruvning ayrim funksiyalarini bajarishda yordam ko‘rsatish­dan iboratdir. Ko‘pincha shtab bo‘linmalarining menejerlariga funksional rahbarlik huquqlari taqdim etiladi. Ular jumlasiga buxgalteriya, reja-moliya bo‘limi, marketing bo‘limi va boshqalar kiradi.
Funksional tuzulma har bir rahbar boshqaruvning barcha pog‘onalarida alohida funksiyalarni bajarishga ixtisoslashganligini nazarda tutadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling