Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti fan: Umumiy gigiyena mavzu: Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga, ishchi-xodimlarga va ularning kiyimlariga qo'yiladigan gigiyenik talablar
Download 429.5 Kb.
|
Shodiya 6-mavzu
Sog’liq holati
Sog’liq holatini baholash mezonlari juda oddiy: o’tkir va surunkali kasallikka chalingan shaxslar toza xonalarga yo’latilmaydi. Birinchi galda bu o’tkir respirator kasalliklarga tegishli. Yo’tal, aksa urish, burun oqishi va ko’z yoshlanishi tozalik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kon’yunktivit va boshqa ko’z kasaliklari; yuqori nafas yo’llari kasalliklari; teri kasalliklari, jumladan gerpes, furunkullar, seboreya (qazg’oq) kabi kasalliklarni ham sanab o’tish joiz. Ba’zi bir odamlar ko’p terlaydi, bu ham toza xonalarda ishlashga monelik qiladi. Jarohatlar ham iflosliklar ajralishiga olib keladi. 12.3 Steril ishlab chiqarish talablari Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan foydalanish tartibi ISO 14644-5 “Toza xonalar va ular bilan bog’liq nazorat qilinadigan muhitlar. 5-qism. Ekspluatatsiya” standarida belgilangan. Toza xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha ishlarni bajarish tartibini belgilab olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak: qanday ish bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish texnologiyasi), ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h.k.lar ro’yxati), qanday hujjatlar bo’yicha ishlanadi (yo’riqnomalar va h.k.). Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda tegishli tayyorgarligi bo’lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan xodimlar ishlasa, loyiha eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo’lsa ham toza xonadan foydalanish ko’zlangan maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan mablag’lar zoe ketadi. Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik toza xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali tartibda xavf omillari ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va iflosliklarni aniqlash bo’yicha harakatlarni belgilab olish kerak. Toza xonalarning standartlari bilan birga, ISO hodimlarining kiyimlariga va gigienasiga oid standartlarni ham ishlab chiqardi. ISO 14644-5 toza xonalar uchun kiyim tizimlarini dizayn qilish, qurish va ishlatish uchun ko'rsatmalarni taqdim etadi. Bu standart kiyim materiallari, qurilishi va saqlashni taqdim etadi, shuningdek, kiyim sterilizatsiyasi va tozaliklarini to'liqlash uchun usullarni taqdim etadi. Download 429.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling