Farmoni ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘G‘risida


Download 30.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1354024
Bog'liq
PF-218-сон 09.09.2022. Ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
TA’SIRCHAN SOLIQ MEXANIZMINI QO‘LLASH NATIJASIDA HOSIL BO‘LGAN SOLIQ QARZINI
HISOBDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA
Joriy yilning 22-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar
bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek,
tadbirkorlik subyektlarining soliq yukini kamaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh
qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-162-son
Farmoniga 
muvofiq 2022-yil 1-iyuldan bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish
maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish
obyektlariga (foydalanilmayotgan obyektlar) hamda ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer
uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq
imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibi (ta’sirchan soliq mexanizmi) bekor
qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda
qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i
bo‘yicha:
mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
3. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi:
bir oy muddatda 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda
ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi to‘lovlar
hisobiga belgilangan tartibda tegishli obyekt mulkdorlariga qaytarilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya
vaziri T.A. Ishmetov va Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-sentabr,
PF-218-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 06/22/218/0807-son)

Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling