Farmoyish hujjatlari: Bunday hujjatlar sirasiga


Download 1.04 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1407839
1   2   3
Bog'liq
Davlat tilida ish yuritish

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo'yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga qabul qilish haqida buyruq», «boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «rag'batlantirish haqida buyruq» va h.k.

Bunday buyruqlarda kirish qismi bo'lmasligi mumkin. Farmoyish qismida odatda, bandlar, paragraflar bo'ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QIL1NSIN», «TAYINLANSIN», «OTKAZILSIN», « TASHAKKUR BILD1RILS1N», «BO'SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harflar bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi (masalan, Karimov Sobit Holmatovich).

Buyruqdan ko‘chirma Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to'gri keladi. Zaruriy qismlari: 1. Muassasa nomi. 2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma). 3. Sanasi. 4. Raqami (№). 5. Joyi. 6. Sarlavhasi. 7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan kerakli bandi). 8. Imzo chekkan shaxs. 9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...

Farmoyish

Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo'lib, uning kuchi bo‘limlaming tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqorolarga taalluqli boMadi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga «TAVSIYA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling