Farģona davlat universiteti biologiy yònalishi 22 59 guruh
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqTaqdimot (6) (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1836 yilda Gabriel Valentin
FARĢONA DAVLAT UNIVERSITETI BIOLOGIY YÒNALISHI 22 59 GURUH TALABASI ORTIQOVA XONZODANING SITOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI YADRO VA YADROCHANING TUZULISGI Reja: ▪ Yadro tuzulishi va tarkibi ▪ Yadro teshiklari ▪ Yadrochaning tuzulishi ▪ Yadro va yadrochaning asodiy vazifalari YADRO TUZULISHI VA TARKIBI ▪ Yadro apparati hujayraning universal subtizimi bo’lib, ba’zi hujayralarda uchramaydi. Prokariotlarda yadro rolini nukleoid bajaradi. U halqasimon DNK dan iborat bo’lib, gialoplazmadan chegaralanmasdan mezosomaga birikib turadi. Eukariot hjayralarda yadro nucleus (lotincha) yoki karion (yunoncha) bo’lib, 1831- yilda shotland sayyohi va fizigi Robert Broun(1773-1858) o'simlik hujayrasida yadroni topdi va unga "nukleus” yoki "areola" deb nom berdi. Birinchi atama ko'pchilik tomonidan keng qabul qilindi va xozirgacha saqlanib kelinmoqda. 1836 yilda Gabriel Valentin yadroda yadrocha borligini aniqlaydi. Yadrosiz hujayralarning asosiy hayotiy faoliyati to‘xtaydi. Ko‘pincha hujayralaming yadrosi yumaloq, tuxumsimon shakllarda boiadi. Yadroning shakli hujayraning shakliga mos boiadi, faqat ba’zi hujayralarda noto‘g‘ri shaklda ham boiishi mumkin. Sharsimon, kubsimon, ko‘p qirrali hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon hujayralarda yadro uzun ellipssimon, yassi hujayrada esa duksimon boiadi. Noto'g‘ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir leykositlaming yadrosi misol boiadi. Hujayra ontogenezi davrida yadro tuzilishi o‘zgarib turadi, ayniqsa b narsa hujayra bo’linishiga tayyorgarlik ko’rayotganda va turli tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladi. ▪ Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nukleinkislotalar, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardir. Yadro tarkibiga oddiy va murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston va globulinlar uchraydi. Murakkab oqsillar tarkibi aminoguruhdan tashqari qo‘shimcha yana nuklein kislotalar, uglevod guruhi uchraydi (nukleoproteidlar, glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko‘rinishida yoki proteidlar bilan qo‘shilib lipoproteidlar ko‘rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o‘zgarib turadi. Ular yadro quruq og‘irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir. Yadro membranasi yoki kariolemma {lemma- qobiq) ikkita suyuq mozaikali tashqi va ichki membranalardan iborat boiib, ular orasida perinuklear bo‘shliq joylashadi.Tashqi membrananing ba’zi joylari donador endoplazmatik to‘rga o‘tib uning yuzasida ribosomalar joylashadi. ▪ Yadro membranasi o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo'lib u orqali ionlar, kichik molekulalar: aminokislota va nukleotidlar o‘tadi. DNKaza kabi oqsillar yadroga erkin o‘tadi. Shu tarzda yadrodan tashqariga ham moddalar chiqariladi. Shuningdek yadro qobig‘i orqali moddalar o‘tishining yana bir yo‘li membrana yuzasida o‘simta paydo boiib, u yadro membranasi bilan o‘ralib vakuol ko‘rinishida sitoplazmaga chiqadi. Tashqi va ichki membranalar ba’zi joylarida birikib bu yerlarda yadro poralari joylashadi. YADRO TESHIKLARI ▪ Hujayraning asosiy organoidlaridan biri bo’lgan yadro sitoplazmadan ikki qavatli yadro membranasi bilan ajralib turadi. Karioplazma yoki nukleoplazma (yadro suyuqligi) tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin tursa ham, undan yopishqoqligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Nukleoplazma atamasi E. van Beneden (1875) tomonidan, karioplazma atamasi esa V.Flemming (1878) tomonidan fanga kiritilgan. Ikkala termin ham amalda teng qo’llaniladi. ▪ Sitoplazma va nukleoplazma orasidagi moddalar almashinuvi aynan yadro yuzasidagi teshiklar (poralar) orqali sodir bo’ladi. Yadro poralari kompleksi (NPC) murakkab tuzilgan oqsil struktura bo’lib, barcha ilmiy tadqiqotlar ularning tuzilishi ko’p organizmlarda o’xshash ekanligini ko’rsatgan. Sodda qilib aytganda u quyidagi qismlardan tashkil topgan: ▪ Yadro teshikchalarining tuzilishi ▪ 1) tashqi sitoplazmatik iplar; 2) sitoplazmatik halqa; 3) ichki yadro iplari; 4) distal halqa. ▪ Uchinchi va to’rtinchisini birgalikda yadro savatchasi ham deyiladi. ▪ Yadro poralarining soni hujayraga qarab farq qiladi, masalan achitqi zamburug’i yadrosida ular 190 ta, odamning turli hujayralarida 3000-5000 tagacha, Xenopus laevis baqasining tuxum hujayrasi yadrosida 50 mln tagacha bo’ladi. Poralar soni hujayra sikli vaqtida ham o’zgarib turadi. Masalan, interfazaning S davrida xromosomalar bilan birga yadro poralari soni ham ikki barobar ortadi. ▪ Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling