Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi


Zaytun yog'i teriga yetmaydigan namlikni berish qobiliyatiga ega. Undan namlatish kremi vositasi sifatida foydalanish mumkin


Download 53.43 Kb.
bet3/6
Sana18.11.2023
Hajmi53.43 Kb.
#1784025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
! - ХОМИЛАДОР БЎЛИК ВА ФАРХАНД КЎРИШ УЧУН КЕРАКЛИ ТАВФСИЯЛАР

Zaytun yog'i teriga yetmaydigan namlikni berish qobiliyatiga ega. Undan namlatish kremi vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Imkon boricha ularning o'rniga zararsiz vositalardan (masalan, soda) foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bo'yoqlar, o'gitlar va o'simliklar dorivorlari homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Undan tashqari ba'zi kosmetika vositalari ham kuchli kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, soch bo'yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun homilador kimyoviy vositalardan foydalanayotganda nihoyatda ehtiyot bo'lishi yoki umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o'rniga tabiiy vositalarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Homiladorlik jarayoni Urug'lanish kunini aniq bilish juda qiyin. Odatda shifokorlarhomiladorlik boshlangan davrni oxirgi hayz kuniga qarab belgilaydilar. Urug'lanish yuzaga kelgandan boshlab homildorlik jarayoni haqida bilib olish foydadan xoli bo'lmaydi.
Ovulyatsiya
Har oy ayol tuxumdonlarida bir nechta tuxum guruhi follikula deb atalmish kichik xaltada o'sishni boshlaydilar. Tuxumlardan biri follikuladan chiqib ketadi. Bu jarayon ovulyatsiya deb atalib, u odatda keyingi hayz kuniga 2 hafta qolganda sodir bo'ladi. 
Gormonlar oshishi
Tuxum follikuladan chiqgach yorilgan follikula sariq moddaga aylanadi va maxsus gormon ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu gormon bachadon devorlarini qalinlashtirib urug'langan tuxum uchun tayyorlab turadi.
Tuxum fallopiya trubasiga borishni boshlaydi
Follikuladan chiqqan tuxum fallopiya trubasi tomon harakatlanadi va u yerda 24 soat davomida 1 dona spermatozoidni urug'lanish uchun kutadi. Ko'pincha bu jarayon hayz kelganidan 2 hafta o'tgach yuzaga keladi.
Agar tuxum urug'lanmasa
Agar tuxum spermatozoid bilan urug'lanmasa, u nobud bo'ladi. Ayolning gormonal holati esa normallashadi. Bachadon devori qalinlashgan qoplamni tashlaydi va yangi hayz boshlanadi.
Urug'lanish
Agar bitta spermatozoid fallopiya trubasiga yetib borib, tuxum ichiga kira olsa, u tuxumni urug'lantiradi. Tuxum o'zgaradi va unga boshqa spermatozoid endi kira olmaydi. Aynan shu damda bo'lajak bolaning jinsi va genlariga asos solinadi. Agar spermatozoid Y xromosomga ega bo'lsa, o'g'il, agar X xromosomaga ega bo'lsa, qiz tug'iladi. 
Implantasiya
Urug'langan tuxum fallopiya trubasida 3-4 kun davomida turib o'ta yuqori tezlikda ko'plab hujayralarga bo'lina boshlaydi. Bachadon tomon harakatlanish jarayoni boshlanadi va bunda ham bo'linish davom etadi. Urug'langan tuxumning keyingi vazifasi bachadon devori qatlamiga joylashish, ya'ni implantatsiya.
Ba'zi ayollarda aynan implantasiya jarayonida qindan 1-2 tomchi qon chiqishi kuzatilishi mumkin.
Endi ayol organizmida HCHG - human chorionic gonadropin gormoni paydo bo'ladi. Uni homilaning bo'lajak yo'ldoshi hujayralari ishlab chiqaradi.
Aynan shu gormon homiladorlik testiqilinganda aniqlanadi. Test natijasi aniq bo'lishi uchun ovulyatsiyadan so'ng kamida 3 hafta o'tishi talab etiladi.
Uch-to'rt hafta ichida tuxum ko'plab hujayralarga bo'linib, homilaning ilk asab hujayralari shakllanadi.

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling