Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi


Download 53.43 Kb.
bet1/6
Sana18.11.2023
Hajmi53.43 Kb.
#1784025
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
! - ХОМИЛАДОР БЎЛИК ВА ФАРХАНД КЎРИШ УЧУН КЕРАКЛИ ТАВФСИЯЛАР


Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi.
1. Jinsiy aloqani muntazam ravishda qilmaslik. 
Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya kunlari qilish homilador bo'lish imkoniyatini oshiradi yoki uzoq vaqt jinsiy aloqada bo'lmay turib aloqa qilganda spermatozoidlar kuchi oshadi degan xato fikrlar ba'zi juftliklkarni yo'ldan uradi. Aslida jinsiy aloqa muntazam ravishda juftliklarni xohish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishi lozim.
2. Tez-tez jinsiy aloqada bo'lish.
Albatta muntazam ravishda bo'ladigan jinsiy aloqa homiladorlikyuz berishi uchun yaxshi yo'l. Lekin muntazamlik bilan ko'plik har xil narsa. Juda ko'p, masalan, kuniga bir necha marta aloqada bo'lish spermatozoidlarning urug'lantirish kuchini yo'qqa chiqarishi mumkin.
3. Aloqani bir holatdagina amalga oshirish.
Ayol va erkaklarning jinsiy a'zolari shakli va razmeri har xil bo'lgani tufayli, biron ayolga homilador bo'lish uchun bir holat to'g'ri kelsa, ikkinchi ayolga bu holat homilador bo'lishga hatto to'sqinlik qilishi ham mumkin. Shuning uchun aloqani har xil holatlarda amalga oshirgan ma'qul.
4. Bepushtlikni sababini ayoldan izlash.
Ko'pincha oilalarda uzoq vaqt farzand bo'lmagan davrda ayollar davolanishni boshlaydiar. Lekin statistikaga qaraganda bepushtlikni sababchilaridan 40% erkak kasalliklariga to'g'ri kelar ekan. Shuning uchun davolanishni ko'zda tutgan juftliklar uni birgalikda boshlashlari maqsadga muvofiq bo'ladi.
5. Ovulyasiya haqida bexabar bo'lish.
Ovulyasiya davri - homilador bo'lish uchun eng kerakli davr hisoblanadi. Aynan o'sha davrda bo'lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlikka olib keladi. Ba'zida ayollar ovulyasiya davrini hayz ko'rgan kunidan 14 kunni sanab belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz sikli turlicha bo'lgani kabi ovulyasiya davri ham hammada har xil keladi. Shuning uchun uni aniq bilish talab etiladi (Ovulyasiyani bilish yo'li).

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling