Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi


Download 53.43 Kb.
bet4/6
Sana18.11.2023
Hajmi53.43 Kb.
#1784025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
! - ХОМИЛАДОР БЎЛИК ВА ФАРХАНД КЎРИШ УЧУН КЕРАКЛИ ТАВФСИЯЛАР

Homiladorlik davri
Homiladorlik davri uch trimestrga yoki 3 oylik 3 davrga bo'linadi. Buning sababi har bir davr ayol va homila organizmida ma'lum bir o'zgarishlarni taqazo etishidir.

Homilador bo'lishni rejalashtirayotgan va bepushtlikdan davolanib kelayotgan juftliklar uchun ovqatlanish ratsioni muhim o'rinni egallaydi. Farzand ko'rishni rejalashtirayotgan erkak ham ayol ham to'g'ri va foydali ovqatlanishi kerak.


Mahsulotlarini 3 guruhga bo'lamiz.
YAXSHI mahsulotlar:
Homilador bo'lishga ijobiy ta'sir ko'rsatib foyda keltiradigan quyidagi 3 xil mineral erkak va ayolning kundalik oziqlanish ratsionida bo'lishi shart. 
Kalsiy moddasi organizm quruvchisi hisoblanadi. Shunday ekanhomila vujudga kelishi va rivojlanishi uchun o'ta muhimdir. Sut va sut mahsulotlari, tofu, kalsiy bilan boyitilgan sharbatlar, brokkoli, yashil bagrli sabzavotlar kalsiyga boy bo'ladi. Kuniga kamida 3 mahal ulardan iste'mol qilish talab etiladi.
Marganets mineralini boshqa so'z bilan ifodalasa, bola qiladigan manba desa ham bo'ladi. U ismaloq, sabzi, brokkoli, banan, butun bug'doylar, yong'oq va magizda ko'p bo'ladi. Kuniga kamida 2-3 mahal ushbu mahsulotlardan taom tayyorlab yeyish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Sink - homilador bo'lish uchun muhim mineral. Bepusht oilalar bu mineralga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Indeyka, tovuq, qo'y va qo'zichoq go'shtlari, bodom, yogurt, ovsyanka, bug'doy novdasi, tuxum va ustritsa (oyster) sink moddasiga boy hisoblanadi.
Ushbu uch asosiy tug'ish minerallariga qo'shimcha ravishda foliya kislotasini ham iste'mol qilish kerak. U homilador bo'lish uchun yordam bermasa-da, rivojlanishi mumkin bo'lgan homila salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Foliya kislotaga sitrus mevalari, ismaloq, ko'katlar, apelsin sharbati boydir.
Homiladorlikka tayyorlanayotgan har bir ayol shifokor bilan maslahatlashgan holda vitamin shaklidagi foliya kislotasini ichib yurishi ham foydali bo'ladi.

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling