Farzand ko'rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko'pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo'lishi yaxshi bo'lar edi


Jinsiy aloqani aynan ovulyasiya kuni qilish


Download 53.43 Kb.
bet2/6
Sana18.11.2023
Hajmi53.43 Kb.
#1784025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
! - ХОМИЛАДОР БЎЛИК ВА ФАРХАНД КЎРИШ УЧУН КЕРАКЛИ ТАВФСИЯЛАР

6. Jinsiy aloqani aynan ovulyasiya kuni qilish.
Ovulyasiya kunini aniq bilgan taqdirda ham, aloqani undan oldin va bir-ikki kun o'tgach qayta qilish tavsiya etiladi. Chunki urug'lanishga tayyor bo'lgan ayol tuxum xujayrasi 24 soat davomida urug'lanishga moyil bo'ladi.
7. Kimyoviy kontratsepsiya vositalardan foydalanish.
Ba'zi lyubrikantlar uzoq vaqt mobaynida spermatozoidlarni nobud qilish xususiyatiga ega bo'ladi.
8. Shifokorga shoshilish.
Ayol turmushga chiqib 3-4 oy o'tgach shifokor qabuliga shoshiladi. Tezroq davolanib tezroq farzandli bo'lishni istaydi. Lekin normada kamida 1 yil birga yashab muntazam ravishda jinsiy aloqada bo'lgan er-xotinda ham homiladorlik yuz bermasligi mumkin. Shoshib shifokorga borib kerakmas, ba'zida zararli muolajalarni qabul qilish noto'g'ri hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib keyin biron chora ko'rish kerak.
9. Umumiy salomatlikka ahamiyat bermaslik.
Farzand ko'ra olmayotgan juftliklar asosan o'z reproduktiv salomatlliklariga ahamiyat beradilar. Lekin erkak va ayolning umumiy salomatligi ham farzand ko'rishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o'gir vazn, stress, chekish, ba'zi dori-vositalarni qabul qilish kabi holatlar ham homiladorlik yuz berishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
10. Faqat homiladorlik haqida o'ylash.
Shunday juftliklar borki, ular uchun jinsiy aloqa homilador bo'lish uchun navbatdagi imkoniyatdek qabul qilinadi. Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya davri, hayz sikli kabi mavzular er-xotin uchun asosiy suhbat mavzusiga aylanadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ayolning psixologik holati ham homilador bo'lish uchun juda muhim jihatdir. Er-xotin o'zini biron yoqimli faoliyat bilan band qilib, homiladorlik haqida o'ylamay, hayz kunlarini sanamay yashashni o'rganishlari kerak.
Homiladorlikka tayyorlanish Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o'ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun homiladorlik davri yaxshi kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba'zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo'lmaydi.
1. Ginekolog huzurida muntazam ravishda bo'lish. Ba'zilar homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu noto'g'ri, chunki aynan ilk davr(1-trimestr)da bolaning deyarli barcha tana a'zolari shakllanishni boshlaydi, bunda onaning salomatligi, xususan gormonal holati muhim o'rin egallaydi. Shuning uchun homiladorlik aniqlangach, ginekolog huzurida kerakli analizlar topshirib tekshiruvlardan o'tish lozim.
2. Toza havo bilan nafas olish. Sigaret va yong'in tutuni homilador ayol organizmi uchun va o'sayotgan homila salomatligi uchun xavflidir. Aylanish uchun imkon boricha park, o'rmon va mashina kam bo'lgan boshqa joylarni tanlash tavsiya etiladi.
3. Suvsizlanmaslik. Homilador ayol keraklikcha suyuqlik iste'mol qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral yoki filtrlangan suv, ko'k choy va qaynagan sovutilgan suvni kun mobaynida ichish kerakligi haqida unutmaslik kerak. Shirali va gazlangan ichimliklardan homiladorlik davrida voz kechgan ma'qul.
4.To'g'ri va foydali ovqatlanish. Kalsiy, temir va foliya kislotasiga boy mahsulotardan ko'proq iste'mol qilish. Bug'doy va danaklarning ham foydasi katta. Go'shtdagi yog'larni iste'mol qilmaslik kerak.
5. Toksin(zahar)lardan xoli bo'lish. Uy tozalash vositalari, poroshok, chivin va hashoratlarga qarshi vositalar toksinlarga boy bo'ladi.

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling