Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
398 dastro‘mol ydan tashqarida bo‘lganda ba’zida qo‘lni yoki og‘iz-burunni yuvishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘sha paytda yuvilgan a’zolarni artish uchun dastro‘mol yoki bir martalik salfetka ishlatiladi. Dastro‘mol cho‘ntakda olib yuril- adigan narsa. U yuvilgan va taxlangan holatda bo‘lishi kerak. Aytaylik, siz avtobusda ketay- apsiz, yoki ko‘pchilik bilan gaplashib o‘tiribsiz. Kutilmaganda aksirib qoldingiz. Nima qilasiz? – Bunaqa paytda burunni dastro‘mol yoki salfetka bilan to‘siladi, keyin unga artiladi. Ba’zi joylarda aksirganda va yo‘talganda og‘iz va bu- runni yeng bilan to‘sish odati bor. Ba’zi bolalar dastro‘mol tutishni esdan chiqarib qo‘yishgan. Dastro‘molni ko‘rmaganlariga ancha bo‘lib ketgan. Bir martalik qog‘ozni ham bilishmaydi. Bu yaxshi emas. Odobli bola har safar ko‘chaga chiqib ketishdan avval dastro‘molni bir tekshi- radi. Yo bo‘lmasa cho‘ntagiga bir marta ishlati- ladigan salfetkadan bir necha dona solib oladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 399 ahmadning yaxshi ishi (Ibratli hikoya) ovuq qish kuni. Maktabga ketayotgan Ahmad yo‘lda bir kambag‘al bolani uch- ratib qoldi. Bu nochor bolaning ustida paltosi yo‘q edi. Yirtiq etigidan suv o‘tib ketgani ham kunday ravshan bo‘lib ko‘rinib turgandi. Ahmad uning ahvoli yaxshi emasligini sezib, o‘zida unga nisbatan achinish va g‘am his qildi. Oilasining ahvoli yaxshi bo‘lmasada, Ahmad muxtojlarga yordam berishni kechiktirmasdi. Ahmad bu nochor kambag‘al bolaning or- tidan keta boshladi. Bolaning o‘zi o‘qiydigan maktabga kirib ketganini ko‘rganida ajablan- di. Oldin maktabda bu bolani ko‘rganini eslay olmadi. Unga qanday yordam berish haqida o‘ylay boshladi, ammo bir ta-yinli fikr kelma- di. Agar unga o‘zining ikki yildan beri kiyib yurgan poyafzalini bersa, o‘rniga o‘zi nima kiyishini bilmasdi. Tanaffus paytida bu nochor bola bilan uch- rashib unga dedi: “Men sen bilan do‘st lash- moqchiman”. Bir pasda unga o‘rganib qoldi. Bechora bo- laning otasi bir necha yil avval vafot qilib, u www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling