Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
404
Sumkani chang joylarga qo‘yilmaydi. Ba’zi 
bolalar maktabdan qaytayotganda sumka-
sini iflos joyga tashlab, o‘zlari o‘yinga berilib 
ketadi. Yoki uyining oldiga kelganda sumkani 
ichkariga olib kirmasdan ko‘cha eshik yoni-
da qoldiradi. O‘yinga ovunib, sumkasiga iflos 
bo‘lish-bo‘lmasligiga ahamiyat bermaydi. Bu 
yomon odat.
Sochiq, tish cho‘tka va ko‘rpa-yostiqlar
1. Sochiq, tish cho‘tka. Har bir bolaning so-
chiq va tish cho‘tkasi alohida bo‘ladi. Bularni 
hammomning ichida tayinli joyga qo‘yiladi. 
Yaxshi bola yuz-qo‘llarini va tishlarini har 
kuni bir necha marta yuvadi. Tish cho‘tkani 
ishlatib bo‘lib, yana yuvib qo‘yish kerak. So-
chiqni ham tez-tez yuvish lozim. Agar tez-tez 
yuvib turilmasa, u hidlanib qoladi.
2. Ko‘rpa-yostiq va choyshab. Uyquga yo-
tilganda yuz ko‘rpa-yostiq va choyshablar-
ga tegib turadi. Choyshabni va yostiq jildla-
rini o‘z vaqtida yuvib turiladi. Agar ular toza 
bo‘lsa, nafas olganda havo ichga toza holda 
kiradi. Kitob va o‘yinchoqlarni ko‘rpa, yostiq 
va choyshablar orasiga qo‘yish durust emas. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
405
Kiyimlar ham ulardan alohida turishi kerak. 
Odobli bola uyqudan turgandan keyin ko‘rpa-
to‘shaklarini yig‘ishtirib, ularni chiroyli qilib 
taxlab qo‘yadi.
3. Karavot, stol-stullar. Har bir bola o‘zi 
yotadigan karavot changlarini artib turishga 
odatlani-shi kerak. Ko‘p bolalarga uyda dars 
qilishlari uchun alohida stol-stullar ajratib 
berilgan. Yaxshi bola-lar o‘z stol-stullarini ar-
tib turadi, ular ustiga har xil bo‘yoqlar bilan 
chizmaydilar. Stolning ustini doimo tartibli 
tutadilar. Uning ustiga chiqib o‘ynamaydilar. 
Dars tayyorlaydigan stolda ovqat yemaydilar.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling