Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
420 Sinfdoshlaringga tegishli o‘quv qurollari va boshqa narsalarga so‘ramasdan tegma, ularning jihoz va buyumlarini titma. Zero, bu o‘g‘rilikka yo‘l ochishi mumkin. Biron narsa kerak bo‘lib qolsa, uni egasidan so‘rab ol va ishlatib bo‘lishing bilan darrov qaytarib ber. Biron narsani qaytarib berishga olib, undan keyin o‘zingnikidek foydalanib yurishdan juda ehtiyot bo‘l! 10. Maktabni va undagi jihozlarni xuddi o‘z uyingni va undagi jihozlarni ehtiyot qilganing- dek ehtiyot qil. Devorlarga chizib-yozma, suv jo‘mraklarini ochiq qoldirma, deraza oynala- rini sindirma va partani qalam bilan bo‘yama. 11. Senga berilgan har bir topshiriqni o‘z vaqtida bajar. Bugungi ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunda qilinadigan ishlar bor. Birini keyingi kunga qoldirsang, barcha ishlar- ing orqaga surilib ketaveradi. 12. Maktabdan odamlar sendan rozi bo‘lgan holda qaytgin. Shunda Alloh sendan rozi bo‘ladi va senga hayotingda salomatlik va barakalar beradi. Maktabdan chiqib to‘g‘ri uyga bor. Odob- siz bolalarga o‘xshab o‘qish tugaganidan keyin turli o‘yinlar o‘ynab, ko‘cha-ko‘ylarda sand- iroqlab, tentirab yurma. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 421 Maktabdan qaytgach, kitob-daftar va ker- akli narsalaringni tartib bilan aniq joyga qo‘y. Ularni duch kelgan joyga tashlab ket- ma. Shunda maktabga ketayotganda yoki dars tayyorlamoqchi bo‘lganingda, “daftarim qani, kitobimni kim oldi”, deb ota-onang yoki aka-ukalaringdan so‘rab bezor qilmaysan. Maktabdan kelgach, ovqatlanib, biroz xordiq chiqargach, uyga berilgan vazifalarni ba- jar, mashqlarni bajar va o‘z ustingda tinmay mehnat qil. Faqat maktab darslari bilangina cheklanib qolma. Qo‘shimcha adabiyotlar va badiiy asarlar mutolaasiga ham vaqt ajrat. Zero, bular sening dunyoqarashing kengayishi va biliming ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ey farzand, shuni unutmaki, odob bolan- ing eng chiroyli libosidir. Qara, agar makta- bdagi biron o‘rtog‘ing chiroyli kiyimlar kiyib olgan bo‘lsayu, ammo o‘zi dangasa, ishyoqmas, hamma bilan urushib yuradigan, so‘kinadigan odobsiz bo‘lsa, uning kiygan kiyimiga kim e’tibor beradi? Libosi uchun kim uni yaxshi bola deya oladi? Aksincha, biron bola o‘rtacha kiyim kiygan bo‘lsayu, ammo o‘zi a’lochi, odobli va hammaga hurmat bilan muomalada bo‘lsa, uning kiyimi juda chiroyli bo‘lmasa ham, bar- cha uni yaxshi va odobli o‘quvchi deya tilga www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling