Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
418 o‘quvchining maktabdagi odobi y farzand, maktab sening ikkinchi uy- ing. Sen u joyda ta’lim-tarbiya olasan, o‘quvchi do‘stlaring va o‘qituvchilaring bilan bir oiladek yashaysan. Sen maktabda yaxshi o‘qishing va doim xursand holda yurishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing kerak: 1. Uyqudan erta tur. Shunda nonushta qil- ish, toza kiyimlaringni kiyish, kitob va o‘quv qurollaringni olishga, shuningdek, o‘z vaqtida maktabga borishga ulgurasan. 2. Do‘stlaring bilan samimiy ko‘rish. Birinchi bo‘lib ularga salom ber va har birini o‘z ismlari bilan chaqir, ularga laqab qo‘yma. Maktabda hamma vaqt o‘z ishing bilan mashg‘ul bo‘l. Umringni va oltindan ham qimmat vaqting- ni behuda o‘tkazma. Biron ishni bahona qilib maktabdan ko‘chaga chiqib ketishni o‘ylama, keraksiz so‘zlarni gapirishdan tiyil. 3. Safda turganingda va sinfga ketayotgan- ingda shovqin qilib gapirma. 4. O‘qituvchi sinfga kirganda unga salom ber. Keyin jim quloq solib o‘tir. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 419 5. Savol yoki javob bermoqchi bo‘lsang, o‘ng qo‘lingni ko‘tar. Agar o‘qituvchi senga ruxsat bersa, o‘rningdan turib javob ber. 6. Ovozingni baland ko‘tarib shovqin qil- ma. Har bir dars oralig‘idagi qisqa tanaffusda sinfdan chiqib ketib qolma. 7. Katta tanaffusda esa o‘rtoqlaring bilan sog‘ligingga va axloqingga zarar bermaydigan o‘yinlarni o‘yna. Xatarli o‘yinlarni o‘ynama. Ovozingni baland ko‘tarib baqirma. Biron kishini so‘kma yoki u yomon ko‘radigan laqab bilan chaqirma. Maktabda o‘zingdan kattalarga hurmatda, kichiklarga esa izzatda bo‘l. Kattalarni faqat ulardan qo‘rqqaning uchun hurmat qilma. Balki yoshi sendan ulug‘ligi, ilmi va tajribasi ko‘proqligi sabab ularga hurmat bajo keltir. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga zo‘ravonlik qil- ishdan saqlan. Chunki ularga ziyon keltirish odobli va mard bolalarning ishi emas. 8. Senga yordam bergan o‘rtoqlaringga va maktab ishchilariga rahmat ayt. Chunki bu odobing go‘zalligiga dalolat qiladi va senga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. 9. O‘quv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob javoningga tartib bilan qo‘y. Shun- da kerak paytda ularni olishing oson bo‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling