Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Yotoqxona va darsxona
ta-onalar maktabda o‘qiydigan bolalariga 
uyda alohida xona ajratib, kerakli shart-
sharoitni yaratib beradilar. Bunday alohida xo-
nani yotoqxona va darsxona, deb aytiladi. Yoki 
bolalar xonasi, deb atalishi ham mumkin. Bu 
xona bir yoki bir necha bola uchun ajratila-
di. Bunday xonada bola dars qiladi, o‘yinchoq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
410
o‘ynaydi, uxlab dam oladi. Shunday xonasi bor 
bolalar o‘z xonalarini doimo ozoda va sarishta 
tutishlari kerak. Oldin aytganimizdek, xona 
ozoda va toza bo‘lishi uchun bir shartni baja-
rish zarur. Bu shart tartibdir. Tartib har bir 
narsani o‘z o‘rniga qo‘yishdir. Bolalarga ajra-
tilgan bunday xonada faqat bolalarga tegishli 
narsalar turishi kerak. Bolalar ishlatmaydigan 
narsalarni bu xonadan olib chiqish lozim.
Bolalar xonasida nimalar bo‘lishi kerak? 
Bu xonada karavot, kiyim shkafi, stol-stul 
va kitob javoni bo‘ladi. Hozirgi vaqtda yana 
o‘yinchoqlar qutisi yoki kompyuter turishi 
mumkin. Devorga ilinadigan narsalar – dars 
jadvali, kalendar, soat, doska, xarita va jon-
siz narsalarning surati bo‘lishi ham joizdir. 
Javonda turadigan kitoblar, maktab dars-
liklari, daftarlar, kundalik daftar, ruchkalar, 
qalamlar, qog‘ozlar hammasi tartibli ravishda 
taxlab qo‘yiladi. Ularni tez-tez tekshirib, ar-
tib turish kerak. Stol ustida kompyuter, stol 
lampasi, deraza tokchasida anvoyi gullar tu-
radi. Kitob-daftar turadigan javon alohida
o‘yinchoqlar turadigan shkaf yoki quti alo-
hida bo‘lishi kerak. Xonaga qo‘yilgan narsa-
lar, rasmlar, o‘yinchoqlar bolaning yoshi va 
darslariga mos bo‘lishi kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
411
Bola yotadigan o‘rindagi choyshab va ko‘rpa-
yostiqlar tozaligiga e’tibor berish kerak. Kara-
vot va stol-stullarni tez-tez artib turish kerak. 
Xonani har kuni yig‘ishtirish va albatta sham-
ollatish lozim. Bu ishlarni o‘zi qila olmasa, unga 
ota-onasi yoki opa-akalari yordam beradi. Agar 
xonani va undagi narsalarni tozalab turilmasa 
yoki xonada keraksiz narsalar sochilib yota-
versa, nima bo‘ladi? Bunday uyda yashaydigan 
bola darslarini yaxshi tayyorlay olmay qoladi. 
Kechasi uxlaganda tushiga har xil narsalar 
kirib chiqadi. Chunki shayton va jinlar kir-chir 
va tartibsiz joylarga keladi. U tozalikka rioya 
qilmaydigan xonadonga osongina kirib oladi va 
unda yashaydiganlarni vasvasa qiladi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling