Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 408
Rohat va tarbiya maskani
olalar har kuni maktabga borishsa, kat- talar ishga yo‘l olishadi. Maktab va ish- dan bo‘shagandan keyin hamma uyga qaytib keladi. Hamma o‘z uyini juda yaxshi ko‘radi. Chunki katta odam ham, kichkina bola ham boshqa yerdan ko‘ra o‘z uyida o‘zini erkinroq his etadi. Uy rohat maskani. Odam o‘z uyida bo‘lganda bemalol dam oladi, uxlab, hordiq chiqaradi. Ertangi kun uchun kuch-quvvat to‘playdi. Inson o‘z uyida хordiq chiqarib, charchog‘ini unutadi. Yana aytish mumkin- ki, uy o‘ziga xos tarbiya maskani. Ota-onalar uyda bolalariga chiroyli tarbiya berib, ular- ga odob-axloqni o‘rgatadilar. Bolalar ham uyda o‘zlarini erkin his etib, dars qiladi, kitob o‘qiydi, ba’zi hollarda uy ishlarida kattalarga qarashadi. Shunday qilib, har bir inson umrin- www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 408 ing ko‘p qismi uyda o‘tadi. Uy osoyishtaligi be- baho ne’mat. Bunday ne’mat qadriga etib, uni asrab-avaylash kerak. Aqlli va iymonli kishilar uyi va xonalarini toza tutib, unga kir-chirni yaqinlashtirmaydi. Chunki ozoda va sarishtali hovli-joyda baraka va rohat bo‘ladi. Mehmonxona zbek xonadonlarida eng yaxshi xonalar- dan birini tashrif buyuradigan mehmon uchun alohida jihozlab, bezab qo‘yiladi. Mehm- onxona chiroyli va ozoda bo‘lishi lozim. Nima uchun? Buning ikkita sababi bor. Biror mehmon kelib qolsa, uning oldida xi- jolat bo‘lmaysiz. Qolaversa, saranjom-sarishta- li va pokiza uy mehmon ko‘nglini ko‘taradi va bemalol dam oladi. Mehmonxonaning bu tariqa pokiza va chiroyli bo‘lishi mehmon hur- mati uchun qilinadi. Mehmonxonaga chiroyli gilam va palos solinadi. Zamonaviy mehmonx- onalarda divan-kreslo va stol-stullar qo‘yish odat tusini olgan. Yoki yumshoq ko‘rpachalar to‘shab qo‘yiladi. Ayrim mehmonxonalarda kitob javoniga turli kitoblar terib qo‘yilganini ko‘ramiz. Ba’zi hollarda devorga daraxtlar va www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 409 gullar, tog‘lar va daryolar kabi chiroyli tas- virlar bilan bezatiladi. Ammo uyga jonli hay- von yoki jonzotlar suratini osish yoki rassomga chizdirish aslo joiz emas. Iymon-e’tiqodli kishi- lar o‘z mehmonxonasi devoriga ko‘zmunchoq, isiriq va tumor kabi bachkana narsalarni ilib qo‘ymaydi. Mehmonxonada o‘yinchoqlar va kiyimlar ham turmaydi. Odatda uyni sarishta tutish va jihozlashga ayollar va qizlar ko‘proq e’tibor beradilar. Ular derazalarga qanday par- da osishdan tortib, tuvaklarda qaysi gullarni o‘stirish lozimligini yaxshi biladilar. Ammo o‘g‘il bolalar hamma ishni onalari va singillariga tashlab qo‘yib, bir chekkada qarab turmaydilar. Ular ham uy ishlariga qarashib yuborishlari kerak. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling