Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Qo‘shnisini o‘ylagan zokir


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Qo‘shnisini o‘ylagan zokir
(Ibratli hikoya)
okir yaxshi bola. Otasi boy kishi, unga 
hamma narsani muhayyo qilib qo‘ygan. 
Afsuski, shunday qulaylik bo‘la turib, Zokir 
kambag‘al va yo‘qsil kishilar qanday hayot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
415
kechirishi haqida hech narsa bilmaydi. Bir 
kuni stadionga ketayotgan yo‘lda Zokirni bir 
it quvlab qoldi. U itdan qochib bir tor ko‘chaga 
kirib qoldi. Shu payt bir toshga qoqilib yerga 
uchib tushdi. Ko‘zini ochganida jarohatlarini 
bog‘lab qo‘yayotgan va uni parvarish qilayo-
tgan ayolni va o‘ziga tengdosh bolani ko‘rdi. 
Muhammad bilan onasi Zokirni itdan qutqa-
rib, uni uylariga olib kirishdi. Zokir ularga 
minnatdorlik bildirdi. Ular yashab turgan uy-
lari shu darajada oddiy va ko‘rimsiz ekanidan 
ajablandi. Kechqurun ularnikida qoldi. Zokirn-
ing tomog‘idan ovqat o‘tmadi. U oddiy taomni 
yeyishga qiynalib, og‘ziga olgan luqmalarni 
yuta olmadi. Keyingi kuni onasi tayyorlagan 
ovqatni ko‘tarib Muhammadning uyiga bordi 
va taomini o‘sha yerda ular bilan birga baham 
ko‘rdi. Demak, yaxshi kishilar o‘zidagi bor 
narsalarni qo‘shnilari bilan baham ko‘rishlari 
kerak. Zero, hadisi sharifda “Kimki o‘zi to‘q 
bo‘lib yon qo‘shnisi och holda ekanini bilib 
turib tunni o‘tkazsa, u menga imon keltirm-
abdi”, deyilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
416
o‘quvchining uyidagi odobi
y farzand, uying sen uchun eng aziz ma-
kondir. Sen unda ulg‘ayib, voyaga yet-
asan. Ota-onang mehr-muhabbatini shu joyda 
ko‘rasan, ular seni sevib-ardoqlashadi, seni 
yaxshi ko‘rishadi va yaxshi inson bo‘lishingni 
xohlab, kerakli shart-sharoitni muhayyo eti-
shadi. Sen u yerda uxlaysan, o‘ynaysan, dam 
olasan, ovqat yeysan va choy ichasan. Shun-
day ekan, sen u yerda chiroyli axloq va go‘zal 
odob bilan quyidagilarga amal qilib yashash-
ing kerak:
1. Maktabdan qaytganingda, uxlashdan old-
in va uyqudan turganingda oila a’zolaringga 
salom ber.
2. Ota-onangga itoat qil, o‘zingdan yoshi 
katta akalaring, opalaring va boshqa qarin-
doshlaringni hurmat qil va o‘zingdan kichki-
nalarga mehribon bo‘l.
3. Agar uyda xizmatkorlar bo‘lsa, urib 
so‘kish bilan ularga ozor berma. Agar ulardan 
biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsang, muloyimlik 
bilan so‘ra.
4. Uy jihozlarini, elektr qo‘ng‘iroqlarni va 
suv jo‘mraklarini behuda o‘ynama, devor, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
417
o‘rindiq va ko‘rpachalarni iflos qilma. Ularga 
bo‘r yoki qalam bilan chizma. Agar uyda bog‘ 
bo‘lsa, daraxt shoxlari va gullarni sindirma.
5. Koptok tepib, ko‘p baqirib yoki yugirib 
uydagilarga ham, qo‘ni-qo‘shnilarga ham ozor 
berma. Uydagi narsalarga zarar keltiradigan 
o‘yinlarni uy ichida o‘ynama. Maktabdan qa-
ytganingda kiyimlaringni ilgakka osib qo‘y, 
qidirib vaqtingni bekor ketkazmasliging uc-
hun kitoblaringni o‘zing biladigan joyga qo‘y.
6. Darslaringni tayyorlash uchun alohida 
vaqt ajrat va o‘sha vaqtda boshqa narsaga 
chalg‘ima.
7. Qo‘shnilaring va ularning bolalarini ran-
jitma. Ularni ko‘rganingda salom ber, muloy-
imlik va odob bilan muomala qil.
8. Agar biron qarindoshing yoki mehmon 
ota-onangni ziyorat qilib kelsa va sen unga sa-
lom bermoqchi bo‘lsang, yuz-qo‘llaringni va 
kiyimingni tozalab, odob bilan uning oldiga 
bor.
9. Tovuq, quyon, mushuk va shularga 
o‘xshash uy hayvonlariga ozor berma.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling