Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
336
“Agar bozorda qul bo‘lib sotilishni istamasang,
menga yuz tilla tanga keltirsang,
seni ozod
qilaman”, dedi.
Shunda kambag‘al kishi oilasiga xat yozib,
unga shunday so‘zlar bitdi: “Bilaman, sizlarda
meni qutqarish uchun to‘lashga pulinglar yo‘q.
Ammo bu xatni men boshimga tushgan ishdan
xabardor bo‘lishingiz uchun yozayapman”.
O‘sha kishining g‘oyatda
yaxshi va jasur
bir o‘g‘li bor edi. Xat yetib borishi bilan qa-
roqchilar turgan joyga yetib kelib ularga: “Ey
janoblar! Men otamni tekindan tekin olib ket-
moqchi emasman, chunki,
bilamanki, siz aslo
bunday qilmaysiz.
Ammo otam qari, zaif va
ishga yaroqsiz kishi. Uni qul bozorida sotsan-
giz ham ko‘p pul berishmaydi. Uning o‘rniga
mana meni sotsangiz ko‘p pul olasiz”.
Qaroqchilar uning bu taklifiga rozi bo‘lishdi
va boshliqlari bilan maslahatlashib javob ber-
moqchi bo‘lishdi. Qaroqchilar boshlig‘i bu gap-
ni eshitganida o‘z
quloqlariga ishonmadi va
qari kishining o‘g‘liga ajablanib shunday dedi:
“Yo tavba! Bu dunyoda mana shunday jasur
o‘g‘lonlar ham bormi? O‘zini mana shunday
qurbon qiladigan kishilar ham bormi bu olam-
da?! Mendan odamgarchilik ketdimi? Otangni
sen tufayli avf etdim. Qani endi keta qolinglar”.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
337
Faqir ota va uning uchun o‘zini qurbon
qilmoqchi bo‘lgan o‘g‘li xursand bo‘lib uylari-
ga qaytishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: