Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hojatxonaga kirgandan keyin
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
352 Hojatxonaga kirishdan oldin ojatxonaga kirishdan oldin quyidagi ish- larga ahamiyat berish kerak: 1. Og‘zida ovqat yuqi qolmasligi; 2. Qo‘lining tozaligiga e’tibor berish; 3. Qalin kiyimlarini tashqariga yechib kirish; 4. Qo‘lida biron narsa bo‘lsa, uni ichkariga olib kirmaslik; 5. Muqaddas kalomlar – oyat va hadislar bo‘lsa, tashqarida qoldirish; 6. Hojatga kirishdan oldin duo o‘qish; 7. Hojatnonaga chap oyoq bilan kirib, u yer- dan o‘ng oyoq bilan chiqish. Og‘izda chaynab yutilmagan taom bo‘lagi bo‘lsa, u bilan hojatxonaga kirilmaydi. Shun- ingdek, qo‘l yog‘ yoki iflos bo‘lsa, oldiniga qo‘lni yaxshilab yuvib olish kerak. Aks holda qo‘l kiyimni ushlaganda kiyim iflos bo‘ladi. Hojatx- onaga kirishdan avval qalinroq ustki kiyimlar nopok suv tegmasligi uchun tashqarida yechib qo‘yiladi. Ustki kiyim deganda palto, chopon va kurtka kabi qalin kiyimlar tushuniladi. Ba’zi bolalar qistalib tursa ham, o‘yinni ko‘zi qiymasdan o‘ynashda davom etaveradi, faqat iloji qolmagan vaqtda hojatxonaga yugurib www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 353 qoladilar. Shuni unutmangki, bolalar, hojati qistaganda o‘zini zo‘riqtirish sog‘liqqa zarar. Chunki bunaqa paytda siydik qonga shimil- ishni boshlaydi. Hojatxonaga kirgandan keyin ojatxonaga kirgandan keyin ahamiyat berish kerak bo‘lgan ishlar mana bular: 1. Hojatxona eshigini qulflab olish; 2. Kiyimni nopok narsalar tegishidan ehti- yot qilish; 3. Tana a’zolarini pokiza saqlash; 4. Hojatdan so‘ng tozalanish; 5. Tozalanishda chap qo‘lni ishlatish. 6. Hojat chiqarish vaqtida gapirmaslik. Hojatga kirgan odam hech kimning ko‘ziga ko‘rinmasligi kerak. Chunki uyat (avrat) joy- ini birovga ko‘rsatish yoki birovning avrati- ga qarash aslo mumkin emas. Shuning uchun hojatxona eshigini qulflab olish darkor. Ho- jat ushatayotgan joyda o‘zidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak. Ayrim bolalar ko‘chada o‘ynab yurganda hojatxonaga kirishga erin- ib, daraxt tagi yoki shunga o‘xshash odamlar o‘tadigan joylarga tik turib choptiradi. Bu hol- www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling