Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
368
Ammo bu gal do‘stlari odatini yaxshi bilish-
gani uchun uning fikriga qo‘shilishmadi. Shun-
dan keyin ular o‘ynab mayda toshchalarni 
ko‘lga ota boshlashdi. Bu mayda toshchalar suv 
sathida cho‘kmasdan turardi. Shu kuni Foruq 
boshqalarga qaraganda ko‘proq xursand edi. 
Foruq otgan toshlar suv sathida cho‘kmasdan 
turganini ko‘rgan Zokir hasad qilib undan 
so‘radi: “Qo‘lingdagi toshlarni ko‘rsam may-
limi?”. Foruq kaftini ochganda Zokir uning 
kaftidagi toshlarni birma-bir ko‘zdan kechira 
boshladi. Aslida esa bu toshlar boshqa toshlar-
dan farq qilmasdi. Ammo urush-janjalni yax-
shi ko‘ruvchi Zokir unga dedi: “Ko‘rib turib-
manki, sen eng kichik va eng yengil, qog‘ozdek 
yupqa toshlarni yig‘ibsan. Bunaqa toshlari bor 
kishi yutib chiqishi kerak”.
Foruq fe’li keng bola edi. Shuning uchun Zo-
kirga qarab dedi: “Gapingga qo‘shilaman, kel, 
bo‘lmasa toshlarimizni almashtiramiz, bu tosh-
larni sen olgin-da, qo‘lingdagilarni menga ber”. 
Lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Shun-
da avtohalokatga uchrab, cho‘loq bo‘lib qolgan 
Haydar degan bola Zokirga yaqin borib, unga 
odob bilan dedi: “Aziz do‘stim, bugun o‘yinda 
yutib chiqa olmaganing uchun kayfiyating 
yaxshi emas”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
369
Yutqazgani alam qilib, Zokirning rosa jahli 
chiqdi va unga qarab baqirdi: “Biz nima qilay-
otganimizni tushunmaysan, sen cho‘loq!” Zo-
kirning Haydarga aytgan gapi boshqa bolalar-
ga ta’sir qilib: “Nega bunday deysan? Uning 
ko‘nglini og‘ritding”, deb Zokirga tanbeh ber-
ishdi. Zokir qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi...
ovqatlanish odobi
y farzand, ovqat yeyishning ham bir qa-
ncha odoblari bo‘lib, har bir bola ularga 
amal qilishi kerak. Shunday qilsa, sog‘ligi yax-
shilanib, tana baquvvat bo‘ladi. Ovqatlanish 
odoblariga rioya qilgan bolaning aqli va zehni 
o‘tkirlashib, har xil kasallik va og‘riqlardan sa-
lomat bo‘ladi. Bolaning qay darajada tarbiyali 
ekani uning dasturxon atrofida o‘zini qanday 
tutishidan ham ko‘rinib turadi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling