Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
362
aniqladi. Uni
davolash uchun bezgak kasal-
liklari shifoxonasiga olib borishga buyurdi.
Oilasi iztirob chekib, otasi uni davolashga ko‘p
pul sarfladi. U kasalxonada bir oy yotib, tuza-
lib chiqdi.
Toza tutish kerak bo‘lgan narsalar
iz o‘zimizni ham, atrofdagi narsalar-
ni ham doim ozoda saqlashimiz lozim.
Har birimiz besh
xil narsani toza saqlashni
o‘r ganishimiz kerak. Ozoda saqlanishi shart
bo‘lgan besh xil narsa mana bular:
1) Tana a’zolari;
2) Kiyimlar;
3)
Shaxsiy buyumlar;
4) Uy va xonalar;
5) Atrof-muhit.
Tana a’zolarini toza tutish
arbiyali bola o‘z
tanasini ozoda va pok
tutadi. Ammo ba’zi a’zolarni boshqasiga
qaraganda ko‘proq yuvib turish kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
363
Tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan tana
a’zolari quyidagilar: 1) Qo‘l; 2) Yuz; 3) Tish; 4)
Burun; 5) Bosh; 6) Oyoq.
1) Qo‘l. Qo‘l juda ko‘p foydali xizmatlar-
ni bajaradi. Biz qo‘limiz
bilan yuzimizni va
tanamizning barcha a’zolarini yuvamiz. Qo‘lda
ovqat yeymiz, bir-birimiz bilan qo‘l berib
co‘rashamiz. Qo‘lda bir narsani olamiz yoki be-
ramiz. Shuning uchun qo‘llarimiz doimo toza
bo‘lishi shart. Tirnoqlarni o‘stirib yubormasdan
olib turish ham qo‘lning tozaligini ta’minlaydi.
Bola tirnog‘ini o‘zi ololmasa,
kattalarga aytib
oldiradi.
2) Yuz. Yuz hammaga ko‘rinib turadigan
a’zodir. Tananing boshqa a’zolari ko‘pincha kiy-
im yopib turadi. Ammo yuzni kiyim yopmaydi.
Chang va kirlar yuzga tez yopishadi. Shun-
ing uchun yuzni boshqa a’zolarga qaraganda
ko‘proq va tez-tez yuvib turish zarur. Odamlar
bir-birlari bilan gaplashganda yuzga qarab ga-
plashadilar. Yuzi kir bo‘lgan holda boshqalarn-
ing ko‘ziga ko‘rinish uyat sanaladi.
3) Tish. Alloh tishlarni chiroyli qilib yarat-
gan. Ularni avaylab asrash kerak.
Tishlar
sog‘lom va oppoq bo‘lsa qanday yaxshi! Op-
poq tishlar insonga chiroy bag‘ishlaydi. Tishlar
ovqatni chaynab, maydalab beradi. Agar ular
www.ziyouz.com kutubxonasi