Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
364
toza bo‘lsa, ovqat ham qoringa pokiza holatda 
kiradi. Tishlarni tez-tez yuvib turilmasa, ular 
orasida kir to‘planadi yoki hidlanadi. Bu kirlik 
ovqatga qo‘shilib, qoringa tushsa, odam kasal 
bo‘lib qoladi.
Tishini yaxshi yuvmaydigan bolaning tishi 
ko‘p og‘riydi. Tish og‘rig‘i juda yomon. Tish-
ga e’tibor berilmasa, u sarg‘ayib, xunuk tus 
oladi. Tishi hunuk bo‘lib yurish ham durust 
emas. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tishlarni 
yaxshilab yuvish zarur. Aks holda og‘izda yo-
qimsiz hid paydo bo‘lib, yonidagi odamga ozor 
beradi.
Tishni har kuni ikki marta misvok yoki pas ta 
(ma’jun) bilan yuvish kerak. Payg‘ambarimiz 
tahorat olayotganda tishini misvok bilan yu-
vganlarni maqtaganlar. Odamlarning oldida 
tishni kavlash xunuk odat. Bu beodoblikdir. 
Agar kavlamoqchi bo‘lsa, qo‘li bilan og‘zini 
to‘sib kavlashning zarari yo‘q.
4) Burun. Alloh burunni ham muhim vazifa 
uchun yaratgan. U nafas olishimizga yordam 
beradi. Agar burun toza bo‘lsa, inson yutay-
otgan havo ichkariga sof va bezarar holatda 
kiradi. Odobli bola hech kimning ko‘zi tush-
maydigan joyda burunlarini qoqib, tozalab 
oladi. Birovning oldida aslo burnini tortmaydi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
365
va kavlamaydi. Ba’zi bolalar esa hadeb bur-
nini tortaveradi. Bunaqa odat hech kimga yo-
qmaydi.
Inson aksirganda yoki yo‘talganda yuz-
ini chetga burishi kerak. Og‘zi va burni-
ni dastro‘mol yoki yengi bilan to‘sishi lozim. 
Chunki bunday paytda burun va og‘izdan 
zararli moddalar otilib chiqadi.
5) Bosh. Inson hayoti uchun juda zarur hiso-
blangan a’zolar – miya, quloq, ko‘z, burun va 
og‘iz boshda joylashgan. Demak, boshga yax-
shi ahamiyat berish lozim. Uni tez-tez yuvib 
turish talab etiladi. Qizlar sochlarini haftada 
kamida bir marta yuvib turishi kerak. O‘g‘il 
bolalar sochlarini ko‘p o‘stirib yuborishlari du-
rust emas. Sochni bir oyda bir marta olinadi 
yoki qisqartiriladi. Bosh, ko‘z, quloq, burun va 
og‘izni oynaga qarab tozaligini tekshirib turish 
kerak.
6) Oyoq. Oyoq ko‘pincha paypoq ichida 
bo‘lgani uchun ko‘zga tashlanmaydi. Ammo uni 
ham vaqtida yuvib turilmasa, undan yomon 
hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun tahorat 
paytida oyoqning panjalari orasini barmoq bi-
lan ishqalab yuviladi. Shunda ular pokiza va 
sog‘lom bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling