Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
356 Hojatxonadan chiqish ojatxonadan chiqishda quyidagi ishlarga e’tibor berish lozim: 1. Axlat ketadigan yerni suv bilan tozalash; 2. Suv jo‘mraklarini o‘chirish; 3. Kiyimlarni chiroyli kiyish; 4. Hojatxona qog‘ozini tekshirish; 5. Chiroqni o‘chirish; 6. O‘ng oyoq bilan chiqish; 7. Chiqqandan so‘ng zikr aytish; Bolalar, hojatxonadan chiqayotgan pay- tingizda u yerning tozaligini ko‘zdan kechir- ing. Hojatxona sizdan keyin ozoda holda qoli- shi kerak. Ba’zi beadab bolalar o‘zlari o‘tirgan yerni tozalamasdan chiqadilar. Bu yaxshi tar- biya olmaganini ko‘rsatadi. Suv jo‘mraklarini ham yaxshilab o‘chirish kerak. Chala burab chiqib ketilsa, suv oqib, isrof bo‘ladi. Hojatx- onadan chiqmasdan turib, kiyimlarni chiroy- li qilib kiyib olinadi. Ust-boshining u yoq-bu yog‘iga qaramasdan yoki tugmalarini yaxshi qadamasdan chiqish uyat bo‘ladi. Xojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqish odob- dandir. Hojatxonadan chiqqandan keyin ikkala qo‘lni yaxshilab, iloji bo‘lsa, sovunlab yuviladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 357 Sog‘liqni saqlash choralari olalar, sizlar yaxshi bilasizlarki, sog‘liq yetuk inson bo‘lishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki sog‘lom va tetik kishining ishlari ham unumli bo‘ladi. Sog‘liq yo‘qotilgan joyda ish ham unmaydi, inson biron yutuqqa erisha olmaydi. Shuning uchun Alloh tarafidan beril- gan sog‘liqni saqlash har bir odamning burchi- dir. Ayniqsa, bunga ko‘proq bolalar ahamiyat berishlari kerak. Aziz bolajon, sen yoshligingdan sog‘liqni saqlashga e’tibor berib, zararli odatlarni tark qilsang, katta bo‘lganingda ham soppa-sog‘ va bardam-baquvvat yurasan, og‘riq, kasallik va boshqa qiyinchiliklardan xoli bo‘lasan. Ayrim bolalar kichik yoshidan kattalarga taqlid qilib, chekish va ichishga odatlanadi. Bu sog‘lik uchun katta zarar, shuningdek, keyinchalik bu odatni tashlamoqchi bo‘lganida uni tashlashga qiynala- di va afsuslanadi. Shuning uchun chekish va ich- ishga mutlaqo yaqin bormaslik kerak. Kattalar chekib-ichib yuribdi-ku, zarar bo‘lganida buni tashlagan bo‘lardi deb xato o‘ylamaslik kerak. Balki ular qutulish chorasini topa olmasdan ich- ichidan qiynalib yurgandir yoki o‘rganib qol- ganidan tashlay olmayotgandir. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling