Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hojatxonaga kirish va undan chiqish odoblari
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
350 toat-ibodatlarga ham g‘ayrat qilki, oxiratda senga hamroh bo‘lsin. Dunyoni batamom tark etma. Halolidan rizq ishlab topki, hech kimga muhtoj bo‘lmaysan. Ey o‘g‘lim, hasad qilma, birovlar orqasidan yomonlama. Agar senga yomonlik qilishsa, kechirimli bo‘lgin, yaxshilik ko‘rsang, shukr qilgin, ofat va balolarga duch kelganingda sabr etgin. G‘ayrlik va ko‘ra olmaslikdan ha- zar qil, kasalmandlar ziyoratini kanda qilma, o‘tganlarni yomon sifatlar bilan eslama. Farzandim, so‘zni yumshoq so‘zla, qat- tiq so‘zlama, ahmoq va johillarni sukut bilan kutib ol. Vaqtingni ko‘pini sukut bilan o‘tkaz. Ko‘proq tafakkur qilsang, tiling balosidan qutulasan. Sukut salomatlik eshigini ochuvchi yagona kalitdir. O‘zingdan kattalar bilan tor- tishma va ularga qaysarlik qilma. O‘zingdan kichiklarga past nazar bilan qarama, bir so‘zni aytmoqchi bo‘lsang, yaxshilab o‘ylab gapirgin- ki, hech kim senga “uf” demasin. Ey o‘g‘lim, yozda soydan, qishda ko‘zadan suv ichma. Ochko‘zlik badanning eng katta dushmanidir, ishtahasizlik ham shunday. Yuv- ingach, ma’lum muddat o‘ranib yotish kerak. Ovqatdan so‘ng yurish kerak. Oyog‘ingni issiq tut, boshingni salqin... www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 351 Ey o‘g‘lim, birovga yaxshilik qilsang, yaxshi- ligingni eslatib, uni uyaltirma, kamsitma. Bi- rovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib, zaharga aylantirma! Evaziga narsa kutib qilin- gan yaxshilik yaxshilik hisoblanmaydi, balki u oddiy oldi-berdidan iborat, xolos. Hojatxonaga kirish va undan chiqish odoblari dam bolasi har kuni ovqatlanib, suv ich- adigan qilib yaratilgan. Shunday ekan, inson har kuni hojatxonaga borishga ham muh- toj. Yeyilgan ovqat oshqozonda hazm bo‘lib, bir qismi badanga ozuqa holida so‘riladi, un- dan qolgan qismi esa ortiqcha chiqindiga ayla- nadi. Chiqindiga aylangani badandan tashqa- riga chiqishga yo‘l qidiradi. Hojat ushatish ana o‘sha ortiqcha va zararli narsalardan qutulish bo‘ladi. Inson har kuni hojatxonaga kiradi, le- kin ko‘pchilik unga kirishning qoidalari bor- ligini yaxshi bilmaydi. Ularga amal qilishning inson sog‘lig‘i uchun katta foydasi bor. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling