Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
350
toat-ibodatlarga ham g‘ayrat qilki, oxiratda 
senga hamroh bo‘lsin. Dunyoni batamom tark 
etma. Halolidan rizq ishlab topki, hech kimga 
muhtoj bo‘lmaysan.
Ey o‘g‘lim, hasad qilma, birovlar orqasidan 
yomonlama. Agar senga yomonlik qilishsa
kechirimli bo‘lgin, yaxshilik ko‘rsang, shukr 
qilgin, ofat va balolarga duch kelganingda 
sabr etgin. G‘ayrlik va ko‘ra olmaslikdan ha-
zar qil, kasalmandlar ziyoratini kanda qilma, 
o‘tganlarni yomon sifatlar bilan eslama.
Farzandim, so‘zni yumshoq so‘zla, qat-
tiq so‘zlama, ahmoq va johillarni sukut bilan 
kutib ol. Vaqtingni ko‘pini sukut bilan o‘tkaz. 
Ko‘proq tafakkur qilsang, tiling balosidan 
qutulasan. Sukut salomatlik eshigini ochuvchi 
yagona kalitdir. O‘zingdan kattalar bilan tor-
tishma va ularga qaysarlik qilma. O‘zingdan 
kichiklarga past nazar bilan qarama, bir so‘zni 
aytmoqchi bo‘lsang, yaxshilab o‘ylab gapirgin-
ki, hech kim senga “uf” demasin.
Ey o‘g‘lim, yozda soydan, qishda ko‘zadan 
suv ichma. Ochko‘zlik badanning eng katta 
dushmanidir, ishtahasizlik ham shunday. Yuv-
ingach, ma’lum muddat o‘ranib yotish kerak. 
Ovqatdan so‘ng yurish kerak. Oyog‘ingni issiq 
tut, boshingni salqin... 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
351
Ey o‘g‘lim, birovga yaxshilik qilsang, yaxshi-
ligingni eslatib, uni uyaltirma, kamsitma. Bi-
rovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib, 
zaharga aylantirma! Evaziga narsa kutib qilin-
gan yaxshilik yaxshilik hisoblanmaydi, balki u 
oddiy oldi-berdidan iborat, xolos.
Hojatxonaga kirish va 
undan chiqish odoblari
dam bolasi har kuni ovqatlanib, suv ich-
adigan qilib yaratilgan. Shunday ekan
inson har kuni hojatxonaga borishga ham muh-
toj. Yeyilgan ovqat oshqozonda hazm bo‘lib, 
bir qismi badanga ozuqa holida so‘riladi, un-
dan qolgan qismi esa ortiqcha chiqindiga ayla-
nadi. Chiqindiga aylangani badandan tashqa-
riga chiqishga yo‘l qidiradi. Hojat ushatish ana 
o‘sha ortiqcha va zararli narsalardan qutulish 
bo‘ladi. Inson har kuni hojatxonaga kiradi, le-
kin ko‘pchilik unga kirishning qoidalari bor-
ligini yaxshi bilmaydi. Ularga amal qilishning 
inson sog‘lig‘i uchun katta foydasi bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling