Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

348
luqmoni Hakimning 
o‘g‘liga nasihatlari (2)
y o‘g‘lim, Allohga shirk keltirma! Chun-
ki shirk eng katta gunohdir. Odamlarga 
yuzingni burishtirma. Hech qachon kekkayib, 
manmansirab yurma. Chunki Alloh takabbur 
va maqtanchoq kimsalarni xush ko‘rmaydi. 
Yerga qarab vazminlik bilan yurgin va hech 
qachon ovozingni baland ko‘tarma!
Ey o‘g‘lim, salomatlik bebaho boylik va 
go‘zal axloq beqiyos ne’matdir. Kattalar bilan 
gaplashayotganingda har bir so‘zingga aha-
miyat ber. Qarindoshlar bilan aloqani uzma. 
Bekorchi va bema’ni odamlar oldida o‘tirma. 
O‘zingdan kattalar bilan hazillashma.
O‘g‘lim, imkon qadar urush-janjaldan 
saqlan! Dunyo ishlari uchun ortiqcha g‘am 
yema. Yoshligingni g‘animat bil va ilmli kishilar 
bilan maslahatlash. Qayg‘uga botma, g‘amgin 
bo‘lma. Odamlarning qo‘lidagi narsalarga ko‘z 
tikma. Taqdirga rozi bo‘l. O‘zingga berilgan 
rizqqa qanoat qil. O‘zingdan o‘zing behuda 
g‘amgin bo‘lma. Xafagarchilik bilan qalbingni 
band etma.
Ey o‘g‘lim, avvalo o‘zingga nasihat qil. 
Boshqalarga bir narsani aytishdan oldin o‘zing 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
349
unga amal qil. Biliming va holingga qarab 
so‘zla. Sukut qilsang, pushaymon bo‘lmaysan. 
So‘z kumush bo‘lsa, sukut oltindir. Kattalar bi-
lan tortishma. Musibatga sabrli, kishilar oldida 
kamtar bo‘l.
O‘g‘lim, yolg‘on so‘zlashdan juda ehtiyot 
bo‘l. Chunki yolg‘on diningni buzadi va odam-
lar oldida obro‘yingni to‘kadi. Natijada e’tibor 
va darajangni yo‘qotasan. Ochiq chehrali
to‘g‘ri so‘zli bo‘l. Salomlashishga odatlan.
Ey o‘g‘lim, oz mol-dunyo jo‘yali sarf-xara-
jat va tadbir bilan ko‘payadi. Ko‘p mol-dunyo 
behuda sarf-xarajat oqibatida kamayadi. Agar 
qanoatli bo‘lsang, dunyoda sendan boy odam 
bo‘lmaydi.
Ey o‘g‘lim, me’dangni ovqatga to‘ldirma. Aks 
holda aqling va fahm-farosating o‘tmaslashadi. 
Agar oshqozon to‘lsa, fikr uxlaydi, hikmat su-
kutga ketadi va a’zolar ibodatdan bosh tortadi.
Ey o‘g‘lim, ishlaringda faqat olimlar bilan 
maslahatlash. Olim johilni biladi. Chunki un-
ing o‘zi oldin johil edi, johil olimni bilmaydi, 
chunki u oldin olim bo‘lmagan.
O‘g‘lim! Yaxshilikni uning qadriga yetadi-
ganlarga qil. Bo‘ri bilan qo‘y do‘st bo‘lmaganidek 
yaxshilik sohiblari bilan gunohkor kimsalar 
ham bir-biriga do‘st bo‘lolmaydi. Dunyoda 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling