Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
340
a’zolarini berkitib yuradi, ko‘chada
begona
erkak kishilarga qaramasdan, odobsiz so‘zlarga
quloq solmasdan maktabga boradi.
Maktabdan qaytgandan so‘ng saboqlari-
ni takrorlab bo‘lib, qizlarga lozim bo‘lgan uy
yumushlarini qiladilar. Ular ko‘proq kiyim va
do‘ppi tikish, har xil taomlar pishirish, pishiriq
va shirinliklar tayyorlash va o‘rganish bilan
mashg‘ul bo‘ladilar.
Odobli qiz hamisha onasi yonida bo‘ladi,
ko‘cha-ko‘ylarga chiqib yurmaydi, biron ish bi-
lan ko‘chaga chiqsa ham, kech bo‘lmasdan uy-
iga qaytadi va o‘g‘il bolalar bilan o‘ynamaydi.
Odobli qiz kir-chir, nopok va yirtiq, ochiq-so-
chiq kiyimlarni kiymaydi, boshyalang va oyo-
qyalang yurishdan iymanadi.
Odobli qiz ust-
boshini toza tutib, sochlarini tarab ozoda va
orasta bo‘lib yuradi, og‘zi va tishlarini tozalov-
chi
vositalar bilan poklab, noxush hid taral-
ishining oldini oladi.
Odobli qiz tizzalari va bilaklarini ochib, so-
chlarini yoyib yurish bilan o‘zini
boshqalarga
ko‘z-ko‘z qilmaydi. Qiz bola o‘z nomusini pok
saqlashi va unga aslo gard-g‘ubor tegizmasligi
kerak. Qiz bolaning so‘zi va qiladigan ishi har
doim odob doirasida bo‘lsa, hamma uni maqtay-
di va o‘ziga kelin qilishni diliga tugib qo‘yadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
Do'stlaringiz bilan baham: