Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
356
Hojatxonadan chiqish
ojatxonadan chiqishda quyidagi ishlarga 
e’tibor berish lozim:
1. Axlat ketadigan yerni suv bilan tozalash;
2. Suv jo‘mraklarini o‘chirish;
3. Kiyimlarni chiroyli kiyish;
4. Hojatxona qog‘ozini tekshirish;
5. Chiroqni o‘chirish;
6. O‘ng oyoq bilan chiqish;
7. Chiqqandan so‘ng zikr aytish;
Bolalar, hojatxonadan chiqayotgan pay-
tingizda u yerning tozaligini ko‘zdan kechir-
ing. Hojatxona sizdan keyin ozoda holda qoli-
shi kerak. Ba’zi beadab bolalar o‘zlari o‘tirgan 
yerni tozalamasdan chiqadilar. Bu yaxshi tar-
biya olmaganini ko‘rsatadi. Suv jo‘mraklarini 
ham yaxshilab o‘chirish kerak. Chala burab 
chiqib ketilsa, suv oqib, isrof bo‘ladi. Hojatx-
onadan chiqmasdan turib, kiyimlarni chiroy-
li qilib kiyib olinadi. Ust-boshining u yoq-bu 
yog‘iga qaramasdan yoki tugmalarini yaxshi 
qadamasdan chiqish uyat bo‘ladi.
Xojatxonadan o‘ng oyoq bilan chiqish odob-
dandir. Hojatxonadan chiqqandan keyin ikkala 
qo‘lni yaxshilab, iloji bo‘lsa, sovunlab yuviladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
357
Sog‘liqni saqlash choralari
olalar, sizlar yaxshi bilasizlarki, sog‘liq 
yetuk inson bo‘lishda muhim ahamiyatga 
egadir. Chunki sog‘lom va tetik kishining ishlari 
ham unumli bo‘ladi. Sog‘liq yo‘qotilgan joyda 
ish ham unmaydi, inson biron yutuqqa erisha 
olmaydi. Shuning uchun Alloh tarafidan beril-
gan sog‘liqni saqlash har bir odamning burchi-
dir. Ayniqsa, bunga ko‘proq bolalar ahamiyat 
berishlari kerak. Aziz bolajon, sen yoshligingdan 
sog‘liqni saqlashga e’tibor berib, zararli odatlarni 
tark qilsang, katta bo‘lganingda ham soppa-sog‘ 
va bardam-baquvvat yurasan, og‘riq, kasallik 
va boshqa qiyinchiliklardan xoli bo‘lasan. Ayrim 
bolalar kichik yoshidan kattalarga taqlid qilib, 
chekish va ichishga odatlanadi. Bu sog‘lik uchun 
katta zarar, shuningdek, keyinchalik bu odatni 
tashlamoqchi bo‘lganida uni tashlashga qiynala-
di va afsuslanadi. Shuning uchun chekish va ich-
ishga mutlaqo yaqin bormaslik kerak. Kattalar 
chekib-ichib yuribdi-ku, zarar bo‘lganida buni 
tashlagan bo‘lardi deb xato o‘ylamaslik kerak. 
Balki ular qutulish chorasini topa olmasdan ich-
ichidan qiynalib yurgandir yoki o‘rganib qol-
ganidan tashlay olmayotgandir. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling