Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
359
ing uchun ma’lum bir tartibga rioya qilish ham
shart.
5. Badantarbiyani tark etgan kishi yalqov va
dangasa bo‘lib qoladi. Zero, harakatsiz qolgan
a’zolar zaif va nimjon bo‘ladi.
6. Badanning salomat va quvvatli bo‘lishi
insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qish,
o‘qitish, o‘rganish va o‘rgatish uchun inson
sog‘lom va tetik bo‘lishi lozim.
7. Tananing rohati taomning ozligidadir.
Dilning rohati so‘zning kamligidadir. Ruhning
rohati uyquning kamligidadir.
8. Ko‘p ovqat yeydiganlar ovqati badhazm
bo‘ladi. Ovqati badhazm bo‘lgan kishi doim
dardmand bo‘ladi.
ozodalik sog‘liq garovi
y farzand, agar badaning sog‘lom va te-
tik bo‘lishini, aqling o‘tkir va qalbing
xushnud bo‘lishini istasang, quyidagi nasihat-
larga quloq sol:
1. Qishda har haftada kamida ikki marta is-
siq suv bilan, yozda esa har kuni bir marta iliq
suv bilan yuvin.
www.ziyouz.com kutubxonasi