Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
364 toza bo‘lsa, ovqat ham qoringa pokiza holatda kiradi. Tishlarni tez-tez yuvib turilmasa, ular orasida kir to‘planadi yoki hidlanadi. Bu kirlik ovqatga qo‘shilib, qoringa tushsa, odam kasal bo‘lib qoladi. Tishini yaxshi yuvmaydigan bolaning tishi ko‘p og‘riydi. Tish og‘rig‘i juda yomon. Tish- ga e’tibor berilmasa, u sarg‘ayib, xunuk tus oladi. Tishi hunuk bo‘lib yurish ham durust emas. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng tishlarni yaxshilab yuvish zarur. Aks holda og‘izda yo- qimsiz hid paydo bo‘lib, yonidagi odamga ozor beradi. Tishni har kuni ikki marta misvok yoki pas ta (ma’jun) bilan yuvish kerak. Payg‘ambarimiz tahorat olayotganda tishini misvok bilan yu- vganlarni maqtaganlar. Odamlarning oldida tishni kavlash xunuk odat. Bu beodoblikdir. Agar kavlamoqchi bo‘lsa, qo‘li bilan og‘zini to‘sib kavlashning zarari yo‘q. 4) Burun. Alloh burunni ham muhim vazifa uchun yaratgan. U nafas olishimizga yordam beradi. Agar burun toza bo‘lsa, inson yutay- otgan havo ichkariga sof va bezarar holatda kiradi. Odobli bola hech kimning ko‘zi tush- maydigan joyda burunlarini qoqib, tozalab oladi. Birovning oldida aslo burnini tortmaydi www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 365 va kavlamaydi. Ba’zi bolalar esa hadeb bur- nini tortaveradi. Bunaqa odat hech kimga yo- qmaydi. Inson aksirganda yoki yo‘talganda yuz- ini chetga burishi kerak. Og‘zi va burni- ni dastro‘mol yoki yengi bilan to‘sishi lozim. Chunki bunday paytda burun va og‘izdan zararli moddalar otilib chiqadi. 5) Bosh. Inson hayoti uchun juda zarur hiso- blangan a’zolar – miya, quloq, ko‘z, burun va og‘iz boshda joylashgan. Demak, boshga yax- shi ahamiyat berish lozim. Uni tez-tez yuvib turish talab etiladi. Qizlar sochlarini haftada kamida bir marta yuvib turishi kerak. O‘g‘il bolalar sochlarini ko‘p o‘stirib yuborishlari du- rust emas. Sochni bir oyda bir marta olinadi yoki qisqartiriladi. Bosh, ko‘z, quloq, burun va og‘izni oynaga qarab tozaligini tekshirib turish kerak. 6) Oyoq. Oyoq ko‘pincha paypoq ichida bo‘lgani uchun ko‘zga tashlanmaydi. Ammo uni ham vaqtida yuvib turilmasa, undan yomon hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun tahorat paytida oyoqning panjalari orasini barmoq bi- lan ishqalab yuviladi. Shunda ular pokiza va sog‘lom bo‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling