Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
366
Har bir sohada tozalik muhimdir
ar bir sohada tozalikka ahamiyat ber-
ish va poklik sari intilish taraqqiyotning 
asosidir. Yuqorida insonning tanasi, uy-joylari 
va liboslari toza bo‘lishi lozimligi aytib o‘tildi. 
Ammo biz yana bir a’zoning pokligiga alohida 
e’tibor berishimiz lozim. Bu qalbdir. To‘g‘ri, 
bolalar qalbi tug‘ilganida pok va ma’sum hol-
da tug‘iladi. Bu a’zoni odob va xush xulqlar 
har xil chirk va iflosliklardan asraydi. Ammo 
tengdoshlaringiz ichida yomonlik qilishni qa-
lbida asrab yuradigan bolalar ham uchrashi 
mumkin. Shunday ekan, har qanday zararli 
ishlardan saqlansak, qalbimizni ham toza saql-
agan, uni turli ma’naviy kirlardan pok tutgan 
bo‘lamiz.
zararli odatlardan uzoq bo‘ling!
urmatli bolajonlar, hayotda inson sog‘lig‘i 
va ruhiy holatiga zarar keltiruvchi nar-
salar ko‘p. Masalan, mast qiluvchi ichimliklar 
va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
367
sog‘lig‘imiz uchun zarari katta. Chunki mast 
qiluvchi ichimliklar inson aql-hushini ketka-
zadi, unga har taraflama ziyon yetkazadi. Ta-
maki esa salomatligimizning asosiy kushanda-
sidir. Hatto uning hidi ham o‘ta zararli. Tamaki 
chekkan odam xavfli rak kasalligiga chalinishi 
ilmiy tomondan tasdiqlangan. Yana cheku-
vchi kishilarning og‘zi, kiyimlari va qo‘lidan 
badbo‘y hid kelib turadi. Shunday ekan, bo-
lalar, bunday zararli narsalar o‘rniga foydali 
bo‘lgan taomlar, meva-sabzavotlarni iste’mol 
qilish sog‘likka juda foydalidir.
Janjalkash bola
(Ibratli hikoya)
okir a’lochi o‘quvchi, ammo uni o‘rtoqlari 
uncha yoqtirmaydi. Chunki u doim kim 
bilandir janjallashib-tortishadi, murosani bil-
maydi. Kuz kunlarining birida bolalar ko‘l 
bo‘yida yig‘ilishdi. Ular ko‘llar va dengizlar 
haqida gaplashib, dengizlar ko‘llarga nisbatan 
sovuqroq va chuqurroq bo‘lishi haqida tor-
tishib qolishdi. Ammo Zokir o‘z odatiga ko‘ra 
bolalar fikriga qarshi borib, o‘zining gapini 
ma’qullardi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling