Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Yoshi katta birinchi boshlaydi


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Yoshi katta birinchi boshlaydi
asturxonga ovqat keltirilganida atrofida 
o‘tirganlar bir-birini ovqatlanishga un-
dashi kerak. Hamma o‘zicha qo‘l uzatib yeyver-
ishi odobdan emas. Agar yoshi katta kishi yoki 
mehmon o‘tirgan bo‘lsa, uning dasturxonga 
qo‘l uzatishini kutib turiladi. Ovqatga qo‘l 
uzatishdan oldin Alloh taolodan yeyiladigan 
taomni foydali va barakotli qilishini so‘raymiz. 
Ovqatga qo‘l uzatilganda “bismilloh”ni to‘liq 
aytib, ovqat yeyishni boshlashni kattalar yoshi 
kichiklarga o‘rgatib borishi kerak. Chunki kek-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
372
sa ota-bobolarimiz aytishlaricha agar bismil-
lah, deb aytilmasa, bu taomga shayton sherik 
bo‘lib, uning barakasini ketkizar ekan. Qolav-
ersa, ovqatga yomon sherik qo‘shilgandan ke-
yin uning barakasi ham ketadi. 
Demak, ovqat yeyish oldidan bajarish lozim 
bo‘lgan amallar mana bulardir:
1. Qo‘llar toza bo‘lishi;
2. Odob bilan o‘tirish;
3. Yonidagilarni taklif qilish;
4. Taom duosini o‘qish;
5. “Bismilloh”ni aytishni unutmaslik.
ovqatlanish paytida
vqat yeyish paytimizda mana bu odo-
blarga amal qilamiz:
1. O‘ng qo‘l bilan yeyish;
2. O‘z oldidan yeyish;
3. Luqmani kichikroq olish;
4. Yaxshi so‘zlardan gapirish.
Bu sanalgan amallarning har biri haqida 
ustozlar istagancha gapirib berishlari mumkin. 
Ovqatdan haddan oshiq to‘yib ketmasdan old-
in qo‘lni tortgan ma’qul.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
373
ovqatlanish paytidagi yoqimsiz ishlar
vqatlanish paytida yoqimsiz sanalgan ish-
larni qilish birga ovqatlanib o‘tirganlarga 
xush kelmaydi. Ularning ishtahasini bo‘g‘ib 
qo‘yadi. Ovqatdan ham baraka ko‘tariladi. 
Ovqatlanish odobiga to‘g‘ri kelmaydigan mak-
ruh (yoqimsiz) ishlar uch turga bo‘linadi:
1) Ovqat yeyishdagi makruh ishlar:
1. Chap qo‘lda ovqatlanish;
2. Og‘zidagini yutmasdan ovqatga qo‘l cho‘zish;
3. Tik turib yoki yurib ovqatlanish;
4. Yonboshlab yoki oyoqni uzatib ovqatlanish;
5. Og‘zida ovqat bilan gapirish;
6. Chapillatib yeyish, xo‘rillatib ichish;
7. Shoshib ovqat yeyish;
8. Imillab ovqat yeyish;
9. Ovqatga puflash;
10. To‘ygandan so‘ng ham yeyaverish.
2) O‘zini tutishdagi makruh ishlar:
1. Ovqatni ayblash;
2. Yoqimsiz so‘zlarni gapirish;
3. Dasturxonga qarab yo‘talish, aksirish;
4. Burun, tish yoki quloq kavlash;
5. Biror a’zosini qashlash.
3) Boshqalar bilan ovqatlanishdagi makruhlar:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling