Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
379
Taom yeyishdagi odobsizliklar:
1. Ovqatni chap qo‘li bilan yeyish.
2. Ovqatni hidlab ko‘rish.
3. Nonni yumshoq yo qattiqligini bilish uc-
hun ushlash.
4. Ovqatni shoshilib, yaxshi chaynamasdan
yutish.
5. Ovqatni o‘ta issiq holida yeyish (shu sa-
bab nonushta va tushlikni maktabga ketishdan
oldinroq qilib olish kerak. Maktabga ketishga
5-10 daqiqa qolganida shoshilib ovqatlanish
o‘quvchilarning kun tartibi buzilishi va sog‘lig‘i
yomonlashishiga sabab bo‘ladi).
Hikoya
ir o‘quvchi kasal bo‘lib qoldi va uning
kasali og‘irlashdi. Doktor kelib kasalini
tekshirib ko‘rgach, ovqat va holvani haddan
ziyod ko‘p yeb qo‘ygani
uchun oshqozoni
ishdan chiqib, sog‘ligi yomonlashganini an-
iqladi. Tasodifan doktor shu o‘quvchining
qo‘lida pul to‘la hamyon borligini ko‘rib qo-
lib unga dedi:
www.ziyouz.com kutubxonasi