Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
376
ish va yaxshi chaynamay yutish o‘ta odobsizlik 
va sog‘liq uchun zarardir.
9. Ovqat yaxshi hazm bo‘lishi uchun uni 
yaxshilab chaynash. Har xil ovozlar chiqarib
pishillab chaynamaslik.
10. Og‘izni ovqat bilan to‘ldirib olmaslik va 
og‘izda ovqat bor paytda gapirmaslik.
11. Boshqa bir kishining yeyayotgan taomi-
ga va olgan luqmasiga qaramaslik.
12. Og‘ziga solingan ovqatdan suyak va 
boshqa narsalar chiqsa, og‘izdan olib dasturx-
onga qo‘ymaslik. O‘zgalar e’tiborini qaratmas-
lik uchun shunday qilinadi.
13. O‘zgalar ishtahasini buzadigan va dilini 
siyoh qiladigan harakatdan nihoyatda ehtiyot 
bo‘lish.
14. Odamlar ovqat yeyayotganida tishni ka-
vlamaslik. Tishdan chiqqan narsalarni odamlar 
nazari tushmaydigan joyga tashlash.
15. Ovqat yeyish vaqtida iloji boricha suv 
ichmaslik, agar ichmoqchi bo‘linsa, piyola yoki 
idish yog‘ bo‘lmasligi uchun oldin qo‘lni yax-
shilab artish kerak.
16. Nonni yerga tashlamaslik, non ustiga to-
voq va boshqa idishlarni qo‘ymaslik.
17. Bir xil ovqat bilan kifoyalanish va os-
hqozon to‘lib ketgungacha ovqat yemaslik. Agar 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
377
shunday qilinsa, ovqat hazm bo‘lishi og‘irlashib, 
kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
18. Agar aksirmoqchi yoki og‘zidan bir nar-
sani chiqarmoqchi bo‘lsa, yuzni dasturxondan 
boshqa tomonga burish va og‘izni berkitish.
19. Ovqat idishini yaxshilab tozalab qo‘yish, 
taomni oxirigacha yeb, kosa va lagandagi 
yog‘larni non bilan artib olish. Mana shunda 
baraka va fayz yog‘iladi, isrofdan saqlaniladi.
20. Qo‘ldagi yog‘ni avval yalab, keyin so-
chiqqa artiladi. Qo‘l yog‘ini yalamasdan yuvib 
tashlash yoki artish isrofdir.
21. Agar maktab oshxonasida o‘tirilsa, 
to‘polon qilmaslik va o‘z nasibasidan ko‘proq 
ovqat yeyishga urinmaslik.
22. Agar oshxona xizmatchisidan piyola
qoshiq va salfetka (qo‘l sochiq) kabi biron narsa 
so‘ramoqchi bo‘lsa, muloyimlik bilan so‘rash.
23. Ovqat yeb bo‘linganidan keyin qo‘llar va 
og‘izni yuvish, tishlar tozaligiga e’tibor ber-
ish (ayniqsa, kechki ovqat iste’molidan keyin 
qo‘l va og‘izni yaxshilab yuvib, tishlarni toza-
lab keyin uyquga yotish kerak. Qo‘l va og‘izda 
yog‘ va shira kabi narsalar qoldig‘i qolib ketsa, 
sog‘liqqa zarar bo‘ladi).
24. Qo‘lni yuvayotganda qo‘l va tishlar ora-
sini tozalashga alohida e’tibor berish.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling