Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
368 Ammo bu gal do‘stlari odatini yaxshi bilish- gani uchun uning fikriga qo‘shilishmadi. Shun- dan keyin ular o‘ynab mayda toshchalarni ko‘lga ota boshlashdi. Bu mayda toshchalar suv sathida cho‘kmasdan turardi. Shu kuni Foruq boshqalarga qaraganda ko‘proq xursand edi. Foruq otgan toshlar suv sathida cho‘kmasdan turganini ko‘rgan Zokir hasad qilib undan so‘radi: “Qo‘lingdagi toshlarni ko‘rsam may- limi?”. Foruq kaftini ochganda Zokir uning kaftidagi toshlarni birma-bir ko‘zdan kechira boshladi. Aslida esa bu toshlar boshqa toshlar- dan farq qilmasdi. Ammo urush-janjalni yax- shi ko‘ruvchi Zokir unga dedi: “Ko‘rib turib- manki, sen eng kichik va eng yengil, qog‘ozdek yupqa toshlarni yig‘ibsan. Bunaqa toshlari bor kishi yutib chiqishi kerak”. Foruq fe’li keng bola edi. Shuning uchun Zo- kirga qarab dedi: “Gapingga qo‘shilaman, kel, bo‘lmasa toshlarimizni almashtiramiz, bu tosh- larni sen olgin-da, qo‘lingdagilarni menga ber”. Lekin bu bilan hech narsa o‘zgarmadi. Shun- da avtohalokatga uchrab, cho‘loq bo‘lib qolgan Haydar degan bola Zokirga yaqin borib, unga odob bilan dedi: “Aziz do‘stim, bugun o‘yinda yutib chiqa olmaganing uchun kayfiyating yaxshi emas”. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 369 Yutqazgani alam qilib, Zokirning rosa jahli chiqdi va unga qarab baqirdi: “Biz nima qilay- otganimizni tushunmaysan, sen cho‘loq!” Zo- kirning Haydarga aytgan gapi boshqa bolalar- ga ta’sir qilib: “Nega bunday deysan? Uning ko‘nglini og‘ritding”, deb Zokirga tanbeh ber- ishdi. Zokir qilgan ishidan pushaymon bo‘ldi... ovqatlanish odobi y farzand, ovqat yeyishning ham bir qa- ncha odoblari bo‘lib, har bir bola ularga amal qilishi kerak. Shunday qilsa, sog‘ligi yax- shilanib, tana baquvvat bo‘ladi. Ovqatlanish odoblariga rioya qilgan bolaning aqli va zehni o‘tkirlashib, har xil kasallik va og‘riqlardan sa- lomat bo‘ladi. Bolaning qay darajada tarbiyali ekani uning dasturxon atrofida o‘zini qanday tutishidan ham ko‘rinib turadi. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling