Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
inson jism va ruhdan iborat
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uxlash odoblari
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 342
- Uyqu odoblari
341
inson jism va ruhdan iborat ziz bolalar, inson jism va ruhdan ibo- rat. Bizning o‘z tanamiz oldidagi vazi- famiz bo‘lgani kabi ma’naviyatimiz – ruhiyat- imiz oldidagi vazifalarimiz ham bor. Bularning har ikkisini barobar olib borilmasa, birini qilib, ikkinchisini o‘z holiga tashlab qo‘ysak, komil inson bo‘la olmaymiz. Shu sabab o‘z tanamiz oldidagi vazifalarni bilib olishimiz lozim. Maz- kur kitobda biz bolalarning moddiy va ruhiy olami bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlarni keltiramiz. Uxlash odoblari nson har kuni ishlab, uyiga charchab qayt- ganidan so‘ng dam olishni istaydi. Xuddi shunday bolalar ham kunduzi o‘ynab char- chaydilar. Kech bo‘lganda ko‘chada qorong‘i tushguncha sang‘ib yurmasdan darhol uyiga kiradilar. Kechki ovqatdan keyin darsini qilib, boshqa ishlari bo‘lmasa, maza qilib uxlab, dam oladilar. Ertangi kun uchun kuch to‘playdilar. www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 342 Bolalar uxlaganlarida charchoqlari chiqib ket- adi. Ular uyqudan tursalar, yana avvalgiday kuchli bo‘lib qoladilar. Uyquga tayyorgarlik olalar kech bo‘lganda “men ertaroq yo- tishim kerak”, degan fikrni xayollariga keltirsalar, yaxshi bo‘ladi. Chunki ertaroq yo- tish yaxshi odatdir. Erta yotgan bola quyosh chiqib ketgunga qadar uxlab yotmaydi. Odobli bolalar kechki ovqatdan keyin dars tayyorlab, undan keyin boshqa zarur ishi bo‘lmasa, har xil keraksiz o‘yinga berilmasdan uxlaydilar. Chunki erta yotgan bola barvaqt uyg‘onadi. Kechqurun soat 9:00da hamma bolalar uyqu- ga yotgan bo‘lishlari kerak. Ba’zi bolalar uzog‘i bilan kech soat 10:00 da uxlashlari ma’qul. Ma’lumki, bir ishga kirishishdan avval unga tayyorgarlik ko‘riladi. Biz quyida uxlashdan oldin qilinadigan amallar haqida ma’lumot be- ramiz. Uyquga yotishdan oldin mana bu ishlarni bajarish lozim: – eshiklarni qulflash; – ovqatlar ustini yopish; www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 343 – texnika asboblarini (kompyuter, televizor kabilarni) o‘chirish; – tishlarni yuvish; – olov va chiroqni o‘chirish. Texnika asboblari ishlab turgan paytda ulardan ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar taraladi. Bu nurlar inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ularni ishlatib bo‘lib, darhol o‘chirish kerak. Yotishdan avval tishlarni va yuz-qo‘lni yuvishning foydasi juda ko‘p. Shun- day qilgan bola tinch uxlaydi, yomon tushlar ko‘rmaydi. Uyqu odoblari ringa yotish oldidan qilinadigan amal- lar: – o‘rinni tayyorlash va tekshirish; – uyqu kiyimida bo‘lish. – o‘ringa yotgan paytda qilinadigan amallar: – o‘ng tomonga yonboshlab yotish; – o‘ng kaftni o‘ng yuzga qo‘yib yotish. Uyquga yotgan paytda mana bu ishlarni qilish noma’quldir: – avratlarini yopmasdan yotish; – qornini yerga qaratib yotish; www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling