Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
334 duolarini olishga intiladi. Zero, duo odamning o‘sib-unishi uchun qanot vazifasini bajaradi. Odobli bolani har kim xush ko‘radi va uni maqtov bilan tilga oladi. Qanday ishni qilm- oqchi bo‘lsalar, odamlar odobli bolaga ishon- adilar. Ammo tarbiya ko‘rmagan bolani hech bir ishga yaqinlashtirmaydilar, unga biron yu- mushni ishonib topshira olmaydilar. Balki uni izza qilib, beodobligini yuziga soladilar. Ota-ona uchun tarbiya topgan bola katta boylikdir. Odobli bolani hech qanday boylik- ka almashtirib bo‘lmaydi. Chunki boylik bi- lan odob-axloqni sotib olish mumkin emas-da! Yana odob bilan erishish mumkin bo‘lgan yu- tuqlarga boylik bilan yetib bo‘lmaydi. Ey farzandim, endi o‘zing ayt-chi: milliard so‘m puli, qo‘sha-qo‘sha dang‘illama uy-joylari, turli rusumdagi mashinalari bor odam boymi yoki bir odobli farzandi bor odammi? Boyligi bisyor odamning o‘g‘li beodob bo‘lsa, qanday xunuk, boyligi o‘rtacha yoki kambag‘al kishin- ing farzandi odobli, o‘qishlari a’lo bo‘lsa, qan- day chiroyli?! Ikkovini bir-biriga qiyoslash aslo mumkin emas. Demak, boylik hamma nar- sani hal qiladi, deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Haq- iqiy iste’dod, adolat, odob-axloq, insof va imon- e’tiqod oldida boylik juda ojiz narsa bo‘lib qoladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 335 Odobli bola haqorat va qarg‘ish olmay- di. O‘zi birovlarni so‘kib, haqorat qilmaydi, boshqalarning so‘kinishi va haqoratiga sabab bo‘lmaydi. Odobli bola qilgan ishlari yoki o‘zida bor fazilatlar bilan maqtanmaydi, kerilmaydi, kek- kaymaydi, balki kamtar bo‘ladi, o‘zidagi fazilat- larni do‘stlari bilan baham ko‘radi, muloyim, ochiqqo‘l va ochiqko‘ngil bo‘ladi. Bu “meniki”, bu “seniki” deb ajratish, hamma vaqt faqat o‘zini o‘ylash, boshqalar bilan ishi bo‘lmaslik odobli bola sha’niga durust emas. Demak, bolaning kelajak- da baxtli va tole’li bo‘lishi uning odob-axloqi va qanchalik ilm olishiga bog‘liq. Bola ota-onasining so‘ziga kirsa, aytganlaridan chiqmasa, bergan maslahatlarini jon deb qabul qilsa, bunday bola ulg‘ayganida, albatta baxtli bo‘ladi. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling