Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
326
tiyilib, topganingga qanoat qil. Birovning rizq-
ro‘ziga ko‘z olaytirma, shunda o‘zingni qiynash-
dan qutulasan! Taomdan och, hikmatdan to‘q 
bo‘l. Odamlarning fahmiga yarasha so‘zla. Iloji 
boricha sukutni ixtiyor qil, shunda odamlar-
ning yomonligidan omon bo‘lasan. Ahmoqlarga 
qarshi sukutdan ko‘mak qidir. Odamlar senda 
yo‘q xislatni bor, deb seni maqtasalar, bunga 
kerilmaki, odamlar gap-so‘zi bilan quruq bosh 
kosasi durga aylanmaydi. O‘zingdan kuchli-
lar bilan nizolashma, o‘zingdan zaiflarni yerga 
urma. Badgumonlikka qalbingdan joy bermaki, 
u biron-bir do‘st bilan samimiy yasha shingga 
yo‘l bermaydi.
Ey o‘g‘lim, so‘zlamoqchi bo‘lsang, faqat hik-
mat va nasihatlardan so‘zla, aytganlaringga 
avval o‘zing amal qil, o‘z kasbing va marta-
bangga yarasha so‘zla, odamlarni g‘azab pay-
tida sina, do‘stlaringni esa boshingga kulfat va 
musibat tushganda sina, doim maqbul ishlar-
ni amalga oshirishga urin, agar gapirmoqchi 
bo‘lsang, dalil va hujjat bilan gapir. Yoshlikni 
g‘animat bil, dono kishilar bilan hamsuhbat 
bo‘l. Do‘stlaringni hurmat qil, odamlarga ochiq 
yuzlilik bilan boq.
Ey o‘g‘lim, ota-onangni doimo hurmat qilib, 
xizmatlarida bo‘l, ustoz va muallimlaringga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
327
jonu dilingdan ehtirom ko‘rsat, barcha ish-
larda o‘rtacha yo‘l tut, kirimga qarab chiqim 
qil, saxiy bo‘l, mehmonni e’zozla, unga tilingni 
ehtiyot qil, dushmanlardan bir lahza ham g‘ofil 
qolma, biron so‘zni aytishdan oldin uning javo-
bini berishni o‘yla, baxil va takabbur kishilar-
dan uzoq yur, qanoatni haqiqiy boylik deb hi-
sobla.
Ey o‘g‘lim, ilm talabida bo‘l, qaysar va o‘jar 
bo‘lma, o‘z aytganingda turib olma, o‘zgalar 
so‘zini ham e’tiborga ol, murosa yo‘lini tanla, 
hamisha odamlar ichida bo‘l, ulardan ajrama, 
keksalarni hurmat qil, barchani ehtirom bi-
lan tilga olgin, kimning tuzini totgan bo‘lsang, 
uning haqini ado qilishni unutma.
Ey o‘g‘lim, ust-boshingni toza tut, kim bilan 
gaplashsang, uning o‘ziga yarasha gapni ga-
pir, tunda kishilar bilan suhbat qursang, so‘zni 
yumshoq va ohista gapir, so‘zlayotgan vaqting-
da bir kishiga qarab gapiraverma, hammaga 
nazar sol, kam yeyish va kam uxlash yaxshi 
ko‘rgan amaling bo‘lsin! O‘zingga nimani ravo 
ko‘rsang, uni o‘zgalarga ham ravo ko‘r. O‘zing 
yaxshi o‘qimagan va bilmagan holda birovga 
aql o‘rgatma va ustozlik qilma.
Ey o‘g‘lim, sir saqlay olmaydigan kishilarga 
siringni aytma, hamma ham yaxshilik qiladi, 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling