Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
318 Foydali maslahat 1. Beshikdan to qabrgacha ilm va tarbiya olishga imkoni yetsa ham, lekin bolalikdan shunga ko‘nikma hosil qildirish foydali va muhim- dir. 2. Bolani tarbiya qilish uni jismonan, fikran va xulqan kamolga yetkazib, saodatga erishish- ga yordam berishdan iborat. 3. Befoyda so‘zni ko‘p gapirma va foydali so‘zni ko‘p eshitishdan qaytma. 4. Kam gapir, oz yegin va kam uxla. odobli va odobsiz bola elinglar, odobli va odobsiz bola qanday bo‘lishi haqida suhbatlashaylik. Odobli bola uyqudan erta turib, darhol yuz-qo‘lini yuvadi. Hatto badantarbiya mashqlarini ba- jarib, badanini chiniqtiradi. Badani va kiyim- lari doim toza va ozoda bo‘lishiga e’tibor be- radi. U ko‘p kitob o‘qish barobarida darslarini o‘z vaqtida bajarib qo‘yishni yaxshi ko‘radi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 319 Ota-onasi va ustozlaridan eshitgan nasihat va o‘gitlardan aslo bo‘yin tovlamaydi. Odobli bola har doim a’lo baholarga o‘qiydi. Agar yaxshi va xushmuomala kishini ko‘rsa, darhol undan ibrat olib, unga amal qilishga intiladi. Bun- day bolani tarbiyali yoki xulqi chiroyli ekan, deb maqtaladi. Odobli bola iloji boricha odam- larga yaxshilik qilish haqida o‘ylaydi. Kichik yoshidan boshlab ko‘chada yoki biron joyda qariyalarni ko‘rganda salom berib, qo‘lida yuki bo‘lsa, uni ko‘tarib uyigacha eltib beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar tomiga tosh otib o‘ynamaydi, mushuk va shunga o‘xshash jonzotlarga ozor bermaydi. Ammo bolalar ichida odobsizlari ham uchrab turadi. Bunday bola erta o‘ringa yo- tib, uyqudan kech uyg‘onadi. Uyqudan tur- ganida yuz-qo‘lini chala yuvadi, badantarbiya mashqlarini bajarishni yoqtirmaydi. Usti-boshi kir-chir va iflos bo‘lib yuradi. U qo‘liga kitob ushlamaydi va darslarini tayyorlashga hafsala qilmaydi. Ota-onasi bir ishni buyursa, uni lab- bay deb, bajarmaydi, balki erinchoqlik qilib, orqaga suradi. Ustozlari bergan uy vazifala- rini qilmagani uchun maktabga borganda gap eshitib, sinfdoshlari oldida mulzam bo‘ladi, yomon bahoga o‘qiydi, yaxshi odob va xulq www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling