Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

309
KiRiSH
ssalomu alaykum, aziz bolajonlar! Ota-
bobolarimiz bolalarga yoshligidan olim 
bo‘lma, odam bo‘l, inson bo‘l, deb uqtirib 
kelishgan. Bu pand-nasihat zamirida ulkan 
ma’no mavjud. Ko‘pchilik bolalar olim bo‘lish 
qiyinligini yaxshi bilishadi, ammo odam 
bo‘lish ham og‘ir ekanmi, deb o‘ylashi mum-
kin. Chunki olim bo‘lish uchun ko‘p kitob 
o‘qib, tunlarni bedor o‘tkazish kerak. Bunga 
hammaning ham toqati yetmaydi. Keling-lar, 
insoniy qadr-qiymat nima bilan o‘lchanadi, 
degan savolga javob izlab ko‘raylik. Bunga 
bir bola boylik bilan o‘lchanadi, desa, yana 
biri chiroyli, qad-qomatli bo‘lish kifoya, deb 
javob beradi. Yana bir bola libosni va yana 
biri boshqa narsani insoniy qadr-qimmatga 
o‘lchov deb biladi. 
Donishmand zotlar insoniy qadr-qimmat 
asosida odob-axloq, go‘zal xulq va muomala 
turadi, deb aytib ketganlar. Navoiy bobomiz 
insoniy sharafni adab va hayo belgilaydi, dey-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
310
di. Chunki odob-axloq bo‘lmasa, insonni hay-
vondan farqlab bo‘lmaydi. Olim bo‘lish uchun 
ko‘p kitob o‘qish kifoya, ammo odam bo‘lish 
uchun faqat ilmning o‘zi yetarli emas. 
Agar ota-ona farzandiga yoshlik paytidan 
to‘g‘ri ta’lim-tarbiya bermasa, u dangasa va 
yalqovga aylanib, ilm olishga harakat qilmaydi 
va kasb-hunar o‘rganmaydi. Natijada bu bola 
yengil-yelpi hayot kechirishni o‘ylaydi, ye-
tarli ta’lim-tarbiya olmagani uchun adabsiz va 
ilmsiz holda voyaga yetadi. Shu bois u hayot 
yo‘lida ko‘p qoqiladi va jamiyatda o‘z o‘rnini 
topa olmaydi. Shuning uchun siz aziz bola-
lar bilan olib boradigan suhbatimizni “Bola – 
odobi bilan aziz”, deb nomladik. Zero, har bir 
bola o‘z ota-onasi uchun aziz. Ammo bola ning 
chiroyli odob-axloqi uni ota-onasiga ham va 
boshqalarga ham suyukli qiladi. Shunday ekan, 
suyukli bola bo‘lish uchun ilm olish qatorida 
odobli va tarbiyali bo‘lishga intilish katta sa-
mara berib, olingan ilm ham kelajakda katta 
foyda keltiradi. 
Qadrli bolalar! Mazkur kitobimizda odob-
axloq haqida suhbatlashsak, bunga hamma 
o‘g‘il-qizlar qo‘shilsa kerak. Jumladan, uyda 
va maktabda o‘zini tutish odoblari, ko‘chada 
yurish odoblari, ota-onaga muomala qilish va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
311
boshqa muhim odoblar mavjud. Bularning 
har biri haqida ushbu kitobimizda bolalar-
ga kerakli ma’lumotlarni berishga harakat 
qilamiz. Siz bu kitobni mutolaa qilish orqali 
hayotning mohiyati, insoniy odob-axloq va 
odam bir-biri bilan qanday muomala qilishi 
lozimligi haqida kerakli bilimga ega bo‘lasiz, 
degan umiddamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling