Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
312 odoB niMa? urmatli bolalar, bilasizlarmi, odob so‘zi qanday ma’no beradi? Yaratgan Par- vardigorga ham, odamlarga ham ma’qul va maqbul odatlarga “odob-axloq” deyiladi. Odob yaxshi ishlar va chiroyli so‘zlardan iborat. Har bir inson yaxshi odamga aylanishi uchun odob- axloqni boshqalardan o‘rganib, o‘zi ham uni boshqalarga yetkazadi. Ma’lumki, inson ya- shashi uchun har kuni turli ishlarni bajarishi kerak. Masalan, uyqudan uyg‘onish, yuvinish, kiyinish, ovqatlanishning har biri uchun alo- hida qoidalar bor. Mana shu qoidalarni odob, deb aytiladi. Bunga kiyinish odobi, ovqatlanish odobi, uxlash odobi va hokazo odoblar misol bo‘ladi. Bolajonlar, shuni bilingki, tanamiz harakati bevosita ruhimizga bog‘liq. Agar tabiatimiz- ga go‘zal fe’llar va yaxshi odatlar o‘rnashsa, a’zolarimiz harakati ham shunga qarab yax- shi tomonga o‘zgaradi. Bunga “yaxshi axloq”, deyiladi. Agar tabiatimizga yomon odatlar o‘rnashsa, a’zolarimiz harakati ham shunga www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 313 qarab yomonlashadi. Bunga “yomon axloq” deyiladi. So‘z, harakat va xulqimiz yaxshi va go‘zal bo‘lishi uchun ruhimizni yomon xulqlar- dan poklab, uni yaxshi fe’l va go‘zal odatlar bilan ziynatlash kerak. Dunyoda odamlar bir- birlari bilan salomlashib, muloqot qiladi, bir- biri bilan bordi-keldi qilib, o‘zaro munosabat o‘rnatadilar. Bu ishlarni muomala, deyiladi. Hayotda muomala turlari juda ko‘p. Muomala turlaridan har biri uchun muayyan tartib va qoidalar bor. Bu qoidalar ham odobga kiradi. Masalan, salomlashish odobi, so‘zlash odobi, mehmon kutish odobi va hokazo. Demak, odob qoidalari ikkiga bo‘linadi: 1) Shaxsiy odoblar; 2) Muomala qoidalari. Shaxsiy odoblar har bir inson yolg‘iz o‘zi baja- radigan qoidalardir. Muomala qoidalari – bosh- qalar bilan birgalikda bajariladigan odoblar. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling