Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

odob oltindan qimmat
nson tabiati boylik, pul va oltinni juda yax-
shi ko‘radi. Chunki boylik ko‘p narsani hal 
etadi, boy-badavlat odam ko‘p narsani oson-
gina qo‘lga kiritadi. Shu bois ayrim bolalar 
boy odamga havas bilan qaraydi, boy bo‘lishni 
orzu qiladi. Hayotda kamchilik ko‘rmay, or-
zu-istaklariga osongina erishish haqida shirin 
xayollar suradi. To‘g‘ri, boy-badavlat kishi 
yaxshi yashab, nimani istasa, shunga osongina 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
316
erishayotganini ko‘ramiz. Ko‘pchilik nazdida 
shu narsa katta baxt. Ammo katta va ulkan 
boylikka ega bo‘la turib, baxtli bo‘la olmagan 
yoki o‘zini baxtsiz his etadigan boylar qancha. 
Ular kambag‘al va faqir kishilarga qaraganda 
ko‘proq iztirob chekib yashaydi. 
Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dast-
lab iymon, ilm, yaxshi amal va odob suv va 
havodek zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yax-
shi bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur 
o‘ylab ko‘rmaydi. Qanday bo‘lmasin, boy 
bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi. 
Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb 
aytdik. Bu bizning gapimiz emas, balki asrlar 
davomida tajribada sinalib, donishmand bo-
bolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning kat-
ta foydasi shuki, qayerda odob bo‘lsa, o‘sha 
joyda tartib va intizom bo‘lishi aniq. Tartib 
va intizom har bir ishni o‘z vaqtida va puxta 
bajarishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola 
doimo maqtovga loyiq. Nega biz boshqa yurt 
odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli 
kompyuter va boshqa asbob-uskunalar ham-
da o‘yinchoq turlarini ulardan sotib olamiz
deb o‘ylasak, bunga ular yoshligidan ilm va 
odobni yuksak darajada egallagani sababdir. 
Ilmli va odobli bo‘lishning foydasi juda katta. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
317
Odamlar ham odobli bolani yoqtirib, uning 
ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxt-
li bo‘lgin, aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga 
xayrli duolar qilishadi. Alloh intizomli bola 
uchun nomai a’moliga alohida savoblar yozdi-
radi, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi. 
Odob ana shunday ajoyib fazilatdir. Shuning 
uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”, 
deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri tushunib ol-
gan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmay-
di va ota-onasiga ko‘pdan ko‘p rahmat kelti-
radi. Mana bu rivoyat adab boylikdan afzal 
ekanini tushunishda yordam beradi: Asmaiy 
degan zot shunday hikoya qiladi:” Men bilan 
suhbatlashib turadigan arab bolalaridan biri 
fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men 
sinamoqchi bo‘lib, yuz ming dirham evaziga 
ahmoq bo‘lishni xohlaysanmi”, dedim unga. 
U savolimga yo‘q, deb javob berdi. Nima 
uchun deb so‘radim. “Ahmoqligim tufayli bir 
jinoyat qilishim va bor-budimdan ayrilib, ke-
yin shu ahmoqligim yana o‘zimda qolishidan 
qo‘rqaman”, dedi. Qarangki, yosh bola o‘z aq-
liga suyanib boylik hech narsani hal qilmas-
ligini anglab yetdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling