Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
320 haqidagi nasihatlarga quloq solmaydi. Odobsiz bolani hech kim yoqtirmaydi. Chunki u aqlini kam ishlatadi-da. Shu bois odamlar uni xulqi yomon bola ekan yoki ota-onasi yaxshi tar- biya bermabdi, deb aytishadi. Tarbiyasiz bola qanday salomlashishni ham bilmaydi. Odobsiz bo‘lgani uchun uning atrofida do‘stlari kam. Tarbiya va odobi yo‘qligi uchun bolalar un- dan uzoqroq yurishga harakat qiladi, chunki u dilozorlik qilib, ko‘pchilik ko‘nglini qoldiradi. Shu bois bironta bola u bilan do‘stlashishni is- tamaydi. Demak, odobsiz bola bir o‘zi yakka- lanib, do‘stlaridan ajrab qoladi. Xo‘sh, odobsiz bola qanday qilib yaxshi bo‘ladi, deb savol berarsan. Buning uchun har qanday odobsiz bolaga ham yaxshi tarbi- ya be rilsa, u o‘z aybini tushunib, undan voz kechish haqida o‘ylaydi. Yaxshi bolalar odob- siz bolaga chiroyli nasihat qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Ayniqsa, ko‘chaga chiqqanda kompyuter xonada har xil bo‘lmag‘ur kompyu- ter o‘yinlariga berilib vaqtini zoe ketkizayotgani va yomon bolaga aylanib borayotganini bildi- radi. Odobsiz bolaning odobli bolaga aylani shi oson emas. Agar u aqlini to‘g‘ri ishlata olsa, asta-sekin yaxshi bolalar safiga qo‘shilib oladi. Buning foydasini yoshi ulg‘aygandan keyin bi- www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 321 ladi. Faqat u yaxshi va odobli bola bo‘lishga ha- rakat qilishi kerak. Bir donishmand: «O‘g‘ling yetti yoshgacha rayhoningdir, yana yetti yosh qo‘shilguncha dastyoring va yana yetti yosh qo‘shilganda vaziring va keyin esa u do‘sting yoki dushmaningdir», debdi. Shundan bilamiz- ki, itoatli va odobli farzand har doim ota-ona yonida bo‘lib, ularning ko‘zini quvontiradi va ishlarida ko‘mak beradi. Itoatsiz va odobsiz bola esa ota-ona gapini olmasligi va aytganiga yurmasligi bilan xuddi ota-onasi undan judo bo‘lgandek taassurot qoldirar ekan. Download 5.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling