Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
324
yaxshi ko‘rgan qo‘shiqni xushovozda kuylay 
boshladi. Ayollar hursand bo‘lishib, uni olqish-
lab chapak chalishdi. Uchinchi ayolning o‘g‘li 
esa onasi oldiga kelib: “Oyijon, savatni menga 
bering, uni men ko‘tarib boray”, dediyu uni 
ko‘tarib yo‘lga tushdi. Ayollar kuzatib turgan 
qariyadan qaysi birimizning o‘g‘limiz yaxshi 
ekan, deb so‘rashdi. Qariya: “Onasiga yordam 
berishga shoshilgan o‘g‘ilni yaxshi bola desa 
bo‘ladi”, deb javob berdi.
duosi mustajob bola
(Ibratli hikoya)
ir kuni mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob 
Madina ko‘chalarining birida chop qillab 
yurgan yosh bolani ko‘rib qoldi. Shu onda bo-
laga qarab:
– Ey bola! Haqimizga bir duo qilgin, Alloh 
taolo bizga rahm qilsin, – dedi. Shunda saho-
balar: 
– Ey mo‘minlar amiri, Alloh taolo rahm qil-
sin, deb shu boladan duo so‘rayapsizmi? Axir 
siz jannat bashorat qilingan o‘n kishidan biri-
siz-ku! – deya ajablanishdi. Shunda Hazrati 
Umar:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
325
– Ha, men undan haqimizga duo qil, deb 
so‘rayapman, chunki u hali balog‘at yoshiga ye-
tib ulgurmagan. Hali uning amallar kitobida gu-
noh amali yo‘q. Shuning uchun uning duosi qabul 
bo‘ladi. Ammo biz mukallaf yoshdamiz, bizning 
ustimizdan qalam yurgizilgan, – deb javob berdi.
luqmoni Hakimning 
o‘g‘liga nasihatlari (1)
uqmoni hakim o‘z farzandiga nasihat qilib 
shunday dedi: “Ey o‘g‘lim, uch narsadan 
birini ehtiyot qil. Avval narigi dunyo uchun 
diningni ehtiyot qil. Ikkinchisi, salomatlik 
uchun hikmatni (tabobatni) ehtiyot qil. Uchin-
chisi, ta’magir bo‘lmaslik uchun pulni ehtiyot 
qil. Ey o‘g‘lim, nodonlar bilan do‘st tutinma, 
xasisdan biron narsa so‘rama. Ilm o‘rgan, kim-
da ilm bo‘lmasa, hurmat-izzatga yetishmaydi. 
Kimda muloyimlik bo‘lmasa, u ilmdan bahra 
ololmaydi. Kimda saxovat bo‘lmasa, hech kim 
unga do‘st bo‘lmaydi. Kimning do‘sti bo‘lmasa, 
mol-davlati bo‘lmaydi.
Ey o‘g‘lim, sabrni va o‘z nafsing bilan kura-
shishni o‘zingga shior qil, harom narsalardan 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling