Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
332 bo‘lgunicha o‘tgan kundagi saboqlarini tak- rorlaydi. Ushbu kunda o‘tiladigan saboqlarini bir-ikki marta ko‘zdan kechiradi. Choy vaq- ti bo‘lganidan so‘ng darhol ota-ona, aka-uka va opa-singillari qatorida odob bilan o‘tirib choy ichadi. Tayyor nonushtaga o‘tirmasdan kattalar vaqtini olmaydi, o‘zi darsdan kech- ga qolganidek, ularni ham ishi va o‘qishidan kechikishiga sababchi bo‘lmaydi. Odobli bola maktabga yaxshi xulq va odob bilan bora- di. Katta kishilardek o‘z yo‘lidan yuradi, loy yo‘lak va yurilmaydigan joylardan yurmaydi. Ko‘chada katta yoshli kishilarni ko‘rsa, ular- dan oldin salom beradi. Ularga hurmat-ehti- rom ko‘rsatadi, ranjitmaydi yoki diliga ozor bermaydi. odobli bolaning belgisi dobli bola biron nojo‘ya ishni bilmasdan qilib qo‘ysa, kishilar unga qarashi bilan ishi noto‘g‘ri ekanini tushunib, xijolat chekadi, qilgan ishidan o‘zini noqulay his etadi va uy- aladi. Agar shu vaqtda bir kishi nasihat qilsa, uning aytgani o‘zining foydasiga aytilayot- ganini o‘ylaydi. Biroq indamay yo‘liga ketmas- www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 333 dan nasihat qilgan kishiga: “Bilmasdan qilib qo‘yibman. Boshqa bunday xato ishga qo‘l ur- mayman!” deb kechirim so‘raydi. Ammo odobsiz va tarbiya ko‘rmagan bola esa undan farq qiladi, xato ishlarini tushunib yet- maydi. Agar unga biron kishi nasihat qilsa, na- sihat qiluvchiga qattiq gapirib, so‘zini e’tiborga olmaydi, hatto unga hurmatsizlik qiladi. Aziz bolajon, shuni doim yodda saqla: odobli bola har qancha ko‘rimsiz bo‘lsa ham tarbi- yali va odobli bo‘lgani uchun uni hamma yax- shi ko‘radi. Odobsiz bola har qancha chiroyli bo‘lsa ham, e’tibor qozonmaydi. Ustiga shinam va yaxshi liboslar kiyib olganiga qaramay hech kim unga havas bilan qaramaydi. Chunki bo- laga baho berilganda hamma vaqt uning odo- biga qaraladi, kiyimlariga emas. Odobli bolaning kundan kunga qadri va hurmati oshib boradi. Ammo u bundan tal- tayib ketmaydi, shunday tarbiya bergani uc- hun ota-onasidan minnatdor bo‘ladi, ular buy- urgan xizmatni bo‘yin tovlamasdan bajaradi. Odobsiz bolaning esa kundan kunga hurmati tushib boradi. Qaysi bola yoshi ulug‘ va keksa kishilarning so‘ziga kirsa, o‘zi ham ulug‘ bo‘ladi. Odobli bola yana o‘zidan kattalar hurmatini bajo keltiradi, www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling