Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
338
1. Barcha ishlaringda niyatni xolis qil. Halol
luqma yeyishga harakat qil.
2. Barcha a’zolaringni gunoh va yomon ish-
lardan saqla!
3. Nimani bilishga muhtoj bo‘lsang, uni bil-
may qolma!
4. Dunyo va oxirat yo‘lida foydasi tegadigan
kishilar bilangina do‘st tutin.
5. Musulmonga ham, g‘ayrimusulmonga
ham dushmanlik qilma.
6. Alloh bergan rizqqingga qanoat qil.
7. Boshqalarga muhtoj bo‘lib qolmaslik uc-
hun qo‘lingdagi bor imkoniyatdan tadbirkorlik
bilan foydalan.
8. Odamlar senga past nazar bilan qarash-
lariga sabab bo‘ladigan yomon ishlarni qilma.
9. Hojatingdan ortiqcha narsalarga berilish-
dan saqlan.
10. Odamlar bilan ko‘rishganda gapni salom
berishdan boshla, mayin va muloyim so‘zla, yax-
shilarga yoqimli bo‘l, yomonlar bilan murosa qil.
11. Odamlar orasida nizo va janjal chiqqa-
nida dushmanlaringdan ko‘ra do‘stlaringdan
ehtiyot bo‘l. Zero, dushmaning do‘stingdan
foydalanishi mumkin.
12. Siringni, pulingni va boradigan joyingni
birovga aytma.
www.ziyouz.com kutubxonasi