Farzand tarbiyalashda maslahatlar
347
Uyg‘ongandan so‘ng qilish noma’qul
hisoblangan amallar
1. O‘rindan turmay, yalqovlanib yotaverish;
2. Yotadigan kiyim bilan odamlarga ko‘rinish;
3. O‘rinni yig‘ishtirmay
turib ketish;
4. Yuz-qo‘lni yuvmasdan boshqa ishga kiri-
shish;
5. Ertalabki zarur ishlarini orqaga surish.
Ertalab uyqudan turgach, ozgina badantar-
biya qilishga odat lanish kerak. Bunday qilish
odamning sog‘lig‘i
uchun juda ham foydali-
dir. Mashqlardan so‘ng nonushta qilasiz. No-
nushta tayyorlashda kattalarga yordamlash-
ishni o‘rganing. Nonushta paytida ovqatlanish
odobiga rioya qilishni unutmang. Nonushtadan
so‘ng dars jadvaliga qarab, kitoblaringizni tek-
shirib olasiz. Maktabga tayyorgarlik ko‘rasiz.
Bugun kerak bo‘ladigan kitob-daftarlaringizni
esingizdan chiqarmang.
Maktabga kech qol-
masdan borishga odatlaning.
www.ziyouz.com kutubxonasi