Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


inson jism va ruhdan iborat


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

341
inson jism va ruhdan iborat
ziz bolalar, inson jism va ruhdan ibo-
rat. Bizning o‘z tanamiz oldidagi vazi-
famiz bo‘lgani kabi ma’naviyatimiz – ruhiyat-
imiz oldidagi vazifalarimiz ham bor. Bularning 
har ikkisini barobar olib borilmasa, birini qilib, 
ikkinchisini o‘z holiga tashlab qo‘ysak, komil 
inson bo‘la olmaymiz. Shu sabab o‘z tanamiz 
oldidagi vazifalarni bilib olishimiz lozim. Maz-
kur kitobda biz bolalarning moddiy va ruhiy 
olami bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlarni 
keltiramiz.
Uxlash odoblari
nson har kuni ishlab, uyiga charchab qayt-
ganidan so‘ng dam olishni istaydi. Xuddi 
shunday bolalar ham kunduzi o‘ynab char-
chaydilar. Kech bo‘lganda ko‘chada qorong‘i 
tushguncha sang‘ib yurmasdan darhol uyiga 
kiradilar. Kechki ovqatdan keyin darsini qilib, 
boshqa ishlari bo‘lmasa, maza qilib uxlab, dam 
oladilar. Ertangi kun uchun kuch to‘playdilar. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
342
Bolalar uxlaganlarida charchoqlari chiqib ket-
adi. Ular uyqudan tursalar, yana avvalgiday 
kuchli bo‘lib qoladilar.
Uyquga tayyorgarlik
olalar kech bo‘lganda “men ertaroq yo-
tishim kerak”, degan fikrni xayollariga 
keltirsalar, yaxshi bo‘ladi. Chunki ertaroq yo-
tish yaxshi odatdir. Erta yotgan bola quyosh 
chiqib ketgunga qadar uxlab yotmaydi. Odobli 
bolalar kechki ovqatdan keyin dars tayyorlab, 
undan keyin boshqa zarur ishi bo‘lmasa, har 
xil keraksiz o‘yinga berilmasdan uxlaydilar. 
Chunki erta yotgan bola barvaqt uyg‘onadi. 
Kechqurun soat 9:00da hamma bolalar uyqu-
ga yotgan bo‘lishlari kerak. Ba’zi bolalar uzog‘i 
bilan kech soat 10:00 da uxlashlari ma’qul. 
Ma’lumki, bir ishga kirishishdan avval unga 
tayyorgarlik ko‘riladi. Biz quyida uxlashdan 
oldin qilinadigan amallar haqida ma’lumot be-
ramiz.
Uyquga yotishdan oldin mana bu ishlarni 
bajarish lozim:
– eshiklarni qulflash;
– ovqatlar ustini yopish;
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
343
– texnika asboblarini (kompyuter, televizor 
kabilarni) o‘chirish;
– tishlarni yuvish;
– olov va chiroqni o‘chirish.
Texnika asboblari ishlab turgan paytda 
ulardan ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar taraladi. 
Bu nurlar inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. 
Shuning uchun ularni ishlatib bo‘lib, darhol 
o‘chirish kerak. Yotishdan avval tishlarni va 
yuz-qo‘lni yuvishning foydasi juda ko‘p. Shun-
day qilgan bola tinch uxlaydi, yomon tushlar 
ko‘rmaydi.
Uyqu odoblari
ringa yotish oldidan qilinadigan amal-
lar:
– o‘rinni tayyorlash va tekshirish;
– uyqu kiyimida bo‘lish.
– o‘ringa yotgan paytda qilinadigan amallar:
– o‘ng tomonga yonboshlab yotish;
– o‘ng kaftni o‘ng yuzga qo‘yib yotish.
Uyquga yotgan paytda mana bu ishlarni 
qilish noma’quldir:
– avratlarini yopmasdan yotish;
– qornini yerga qaratib yotish;
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling