Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
344
– og‘zida ovqat bilan yotish;
– yonboshlab olgan holda kitob o‘qish.
Uyqudan erta turishni o‘rganing
yqudan erta turish yaxshi odat. Erta tur-
ishning juda ko‘p foydalari bor.
Maktab o‘quvchilari kun chiqmasdan oldin 
o‘rnidan turib, o‘z yumushlarini bajaradilar. 
Ular yuz-qo‘llarini yuvib, nonushta qilib, so‘ng 
maktabga borishga tayyorgarlik ko‘radilar. 
Ammo kichik bolalar kechroq uyg‘onsalar ham 
zarari yo‘q.
Uyqudan erta turish uchun 
nima qilish kerak?
uning uchun uchta narsaga e’tibor ber-
ish zarur:
– bolalar kechqurun hammadan ertaroq 
uxlashlari kerak. Chunki erta yotgan bola erta 
turishi oson bo‘ladi;
– uyquga yotayotgan bola “ertalab barvaqt 
uyg‘onaman”, deb niyat qilishi kerak;
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
345
– uxlashdan avval kattalarga: “Meni erta-
roq uyg‘otinglar”, deb tayinlashi lozim. Ba’ zi 
bolalar kun chiqquncha o‘rnidan turmasdan 
yotaveradi. Birov uyg‘otsa ham turishga er-
inib, kattalarning undovini kutadi. Unday bola 
yalqov va dangasa, deyiladi.
Erta turishning foydalari
yqudan erta turishning aql, badan va iy-
monga foydasi bor. Aqlning tiniqlashib
yaxshi ishlaydigan vaqti tong paytiga to‘g‘ri 
keladi. Ana shu paytda uyqudan turgan bola-
ning aqli tiniq va o‘tkir bo‘lib, miyasi yaxshi 
ishlaydi. Bunday bolaning darsida ham, ishlar-
ida ham unum va baraka bo‘ladi. U kechgacha 
g‘ayratli va xursand bo‘lib yuradi. O‘rtoqlari 
bilan ham xushchaqchaq va quvnoq holda 
o‘ynaydi.
Tana doimo sog‘ bo‘lishi uchun har kuni 
ertaroq turishga odatlanish kerak. Ertalab 
badantarbiya bilan shug‘ullanish sog‘liqni 
mustahkamlaydi. Uyqudan kech turgan bola 
o‘zini lanj va lohas his etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling